Uch fazali transformatorlar 12 ta ulanish guruhiga ega bo‘lishi mumkin. Ikki voltmetr metodidan foydalanib, transformatorning ulanish guruhini laboratoriya sharoitida tez va aniq topiladi. Bunda 8.3-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan foydalanib quyidagi ishlar qilinadi: 1. Liniya transformatsiyalash koeffitsiyenti topiladi. 2. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning bir xil shartli A va a belgiga ega qismlarini qisqa tutashtirib, birlamchi chulg‘amga 250 V dan past bo’lgan kuchlanish beriladi, so‘ngra UBb, UCc va UBb kuchlanishlar o’lchanadi. 3. Gruppa koeffitsiyenti 4. Kuchlanishlar nisbati Ubc/Ubb aniqlanadi. 5. Birlamchi va ikkilamchi liniya EYK laming vektor diagram malariga asosan tuzilgan formulalardan va quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan transformator chulg‘amlarining ulanish sxemalaridan guruhning jadval koeffitsiyenti Сj aniqlanadi. 8.3-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |