6-LABORATORIYA ISHI
TABIIY YORITILGANLIKNI TADQIQ QILISH
Ishning maqsadi: Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va me’yorlashtirish tartibi bilan tanishish.
Umumiy ma’lumotlar:
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Tо‘g‘ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:
kо‘zni kam toliqtirish, kо‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish;
- ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtayi nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bо‘lgan tabiiy yorug‘likni qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bо‘yicha uch turli bо‘lib, binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qо‘llanishi holatida amalga oshiriladi.
Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.
Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug‘lik sexni ham yon tomonidan, ham yuqoridan birgalikda yoritishdir. Sexlarni tabiiy yorug‘lik bilan yoritishning bu turi ancha ratsional bо‘lib, sex bо‘yicha bir tekis yoritilganlik hosil qiladi.
Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bо‘yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.
Tabiiy yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, yer yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilganlikni me’yorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bо‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Yei/, shu vaqtning о‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka Yet/ nisbati bilan foizlarda о‘lchanadigan kattalikdir.
(8.1)
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining ishlab
chiqarish xonalari uchun qiymati
8.1-jadval
Kо‘zda bajariladigan ishlarning ta’rifi
|
Obyektni ilg‘ab olish mumkin bо‘lgan eng kichik о‘lchami
|
Kо‘zda bajariladigan ishning razryadi
|
Tabiiy yorug‘likdagi ye ning qiymati, %
|
Yuqori va kombinatsiya
|
Yon tomondan yoritilganda
|
Bajariladigan ishlar:
|
|
|
|
|
-eng yuqori aniqlikdagi
|
0,15
|
I
|
10,0
|
3,5
|
-juda yuqori aniqlikdagi
|
0,15-0,3
|
II
|
7,0
|
2,5
|
-yuqori aniqlikdagi
|
0,3-0,5
|
III
|
5,0
|
2,0
|
-о‘rta aniqlikdagi
|
0,5-1,0
|
IV
|
4,0
|
1,5
|
-past aniqlikdagi
|
1,0-5,0
|
V
|
3,0
|
1,0
|
-dag‘al
|
5,0 dan katta
|
VI
|
2,0
|
0,5
|
-issiq sexlarda о‘z-о‘zidan nurlanuvchi materiallar bilan ishlash
|
-
|
VII
|
3,0
|
1,0
|
-texnologik jarayonni umumiy nazorat qilib turish
|
-
|
VIII
|
1,0
|
0,3
|
-vaqti-vaqti bilan uskunalar holatini nazorat qilish
|
-
|
|
0,7
|
0,2
|
-mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalash-magan omborlarda ishlash
|
-
|
IX
|
0,5
|
0,1
|
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti /t.yo.k/ 8.1-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:
- kо‘zda bajariladigan ishning tabiati /kо‘rilayotgan predmetning kо‘z ilg‘ay olish kattaligi, masalan soatsozda soatning mayda qismlari, о‘quvchida sarf о‘lchamlari va boshqalar/;
- yorug‘lik sistemasi;
yorug‘lik iqlimi koeffitsiyenti /bu kattalik binoning joylashgan mintaqasiga bog‘liq/;
kungaylik koeffitsiyenti /bu kattalik binoning qaysi tomonga qarab tushganligiga bog‘liq. Bino sharq, tomonga qarab tushgan bо‘lsa - kungay tomon deyiladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti eksperimental о‘lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki /YEI/ va tashqi /YET/ yoritilganligi gorizontal tekislikda о‘lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik о‘lchanganda lyuksmetr fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |