Ce –metallning ekvivalent og`irligi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Elektrokimyoviy jarayonlar va ular asosida ishlab chiqarish jarayonlari.
Faraday qonunlari, Faradey soni, elektrokimyoviy ekvivalent.
Elektrokimyoviy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan afzalligi.
Xlor va ishqorning osh tuzining suvli eritmasi elektroliz usuli bilan olish. Jarayonning fizik –kimyoviy asoslarini tushuntiring.
Osh tuzining suvli eritmasini elektrolizi uchun qurilmalar sxemasini tushuntiring.
NaCl suvli eritmasini qattiq katodli elektrolizyorda elektroliz qilishning optimal sharoitlari.
Suyuqlanmalar elektrolizining eritmalar elrtroliziga nisbatan afzalligi.
Tuzlar suyuqlanmalarini elektroliz qilib metallar olish.
Noorganik vaorganik kimyo sanoati uchun eritmalar elektrolizi xom ashyo sifatida.
Gasparyan usuli bo`yicha xlorovodorod absorbsiyasi.
Nima uchun metall maxsulotari nikellanadi.
Nikellashni qaysi usullarda olib boorish mumkin.
Nikellashning kimyoviy usullari. Uning afzalligi va kamchiligi.
Nikellashning elektrokimyoviy usuli. Nikellashda boradigan elektrod jarayonlari.
Nikellash uchun ishlatiladigan elektrolitlarning tarkibi.
Tok bo`yicha unum. Ularga bog`liq bo`lgan amallar.
Nikelli qoplamaning sifati. Sifatli qoplamani olish sharoitlari.
YOQILG`I TURLARI, ULARNI QAYTA ISHLAH TEXNOLOGIYASI
Yoqilg`i deb ichida sodir bo`ladigan jarayonlar tufayli energiya manbaiga aylangan bir –yoki ko`p komponentli sistemaga aytiladi.Yoqilg`ini ishlatish vaqtida unda sodir bo`ladigan jarayonlarning tabiatiga qarab yadroviy va kimyoviy turlarga bo`linadi.
Yodro yoqilg`ilarida energiya og`ir elementlarning yadrolarini bo`linishi natijasida, yengil elementlarning yadrolari o`rtasida boradigan termoyadroviy sintez vaqtida ajraladi.
Kimyoviy yoqilg`ilarda energiya, ularda sodir bo`ladigan ekzotermik oksidlalanish –qaytarilish reaktsiyalar natijasida ajralib chiqadi.
Kimyoviy yoqilg`ilar:
Kelib chiqishiga qarab tabiiy (toshko`mir, neft, tabiiy va yo`ldosh gazlar, torf, yonuvchi soletslar), sun`iy yoki sintetik (koks,motor yoqilg`isi, texnologik gazlar).
Agregat xolatiga qarab qattiq, suyuq, gazsimonga bo`linadi.
Tarkibiga qarab unitary (bir kompanentli), ular yoqilg`i va oksidlovchi vir fazali bo`ladi (ballistitli porox) va ko`p komponentli, ularda yoqilg`I va oksidlovchi, texnologik gazlar).
Vazifaiga qarab yoqilg`i energetic (issiqlik stansiyalarida issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan) va texnologik yoqilg`iga (texnologik jarayonlarni yaratish uchun ishlatiladigan) bo`linadi.
Barcha tabiiy kimyoviy yoqilg`ilar yonuvchan massadan, mineral moddalardan va suvdan tashkil topgan. Undagi namlik yo`qotilganidan so`ng suvsizlantirilgan yoqilg`i olinadi. Yoqilg`ining yonuvchan qismitarkibida uglerod va vodorod (organic massa) va oltingugurtning oksidlovchi birikmalri( organic va noorganik sulfidlari) bo`ladi. Yoqilg`ining mineral moddalariga yondirilganda ul hosil qiladigan metallarning turli tuzlari (karbonatlar, silikatlar,sulfatlar va b.) kiradi.
Neft deb Yerning litosfera qatlamida keng tarqalgan qazib olinadigan suyuq yoqilg`iga aytiladi.tarkibidagi uglevodorodlarning sinfiga qarab neft parafinli, paraffin-neftenli, neftelli, paraffin-naften-aramotik, naften-aromatik, aromatikka bo`linadi.
Neftning uglevodorodsiz qismiga turli kislorodli (fenollar, naften kislotlar, geterotsiklar), azotli (piridin va xinolin hosilalari, aminlar) va oltingugurt (tiofen, tiospirtlar, tiofirlar) birikmalar kiradi. Tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab neft:
-oltingugurti kam bo`lgan (0,5% gacha):
-oltingugurtli (0,5-2,0% gacha):
-mo`l miqdordagi oltingugurtli (2,0 %dan ko`p) turlarga bo`linadi.
Neftdagi mineral aralashmalar tarkibida turli tuzlar, qum va loyning mexanik aralashmalari, emulgurlangan suv bo`ladi. Oz miqdorda vanadiy, nikel, titan, germaniy va b. bo`lishi mumkin.
Detonatsiya deb dvigateldagi yoqilg`ini yonish rejimiga aytiladi. Bunda alanga fronti oldida turgan yoqilg`i bir lag`zada alangalanadi, natijada alangani tarqalish tezligi 1500-2500 m/s etadi. Bu tsilindrdagi bosimning keskin ortib ketishiga va zarbali detonatsion to`lqinni paydo bo`lshiga sabab bo`ladi. Detonatsiya rejimida dvigatel quvvati pasayadi, yoqilg`I sarfi ortadi, detallar tez yemiriladi. Detonatsiyaga chidamlilik o`lchovi sifatida oktan soni olingan.
Oktan soni deb izooktanni (2,2,4 –trimetilpentan) n-geptan bilan aralashmasidagi hajmiy foizlarda olingan ulushning miqdoriga teng shartli o`lchov birligiga aytiladi. Bunda izooktanning oktan soni 100 ga, n-geptanniki 0 ga teng.
Neftni birlamchi qayta ishlash, uni uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo`lgan alohida fraktsiyalarga ajratishdan iborat (distillyatar).
Neftni ikkilamchi qayta ishlash vaqtida neft maxsulotlari tarkibidagi uglevodorodlarda destruktiv o`zgarishlar sodir bo`ladi, natijada ularning tabiati o`zgaradi, ya`ni kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi.
Neftni ikkilamchi qayta ishlash usullariga kreking (oson qaynovchi fraksiyalarni unumini oshirish jarayonlar), reforming (xom ashyoni uglevodorodli tarkibini o`zgartirish jarayonlar), alkillash (individual uglevodorodlar sintez qilish), gidrotozalash (neft maxsulotlaridan aralashmalarni yo`qotish) usullarini misol qilib ko`rsatish mumkin.
Yer ostidan qizib olingan xom neft tarkibi yo`ldosh gazlar (50-100 m3/t), suv (200-300 kg/t), suvda erigan mineral tuzlar (10-15 kg/t) bo`ladi, ular neftni tashish, saqlash, qayta ishlash vaqtida salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun neftni qayta ishlashga tayyorlash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
Yo`ldosh gazlarni yo`qotish yoki neft stabillashtirish;
- Neftni tuzsizlantirish;
- neftni suvsizlantirish,
Neftni birlamchi, ya`ni to`g`ridan to`g`ri hadash tarkibidagi uglevodorodlar aralashmasini ajratishga asoslangan bo`lib, rektifikatsiya usulida qaynash xaroratlari farq qiladigan alohida distilyatlarga ajratish usuliga asoslangan. Qazib olingan neftning hammasi rektifikarsiya qilinadi. To`g`ridan to`g`ri haydash natijasida olingan mahsulotlarning tarkibi va unumi jaryon turiga va neftning tarkibiga bog`liq bo`ladi. Jadvalda neftni rektifikatsiya qilish natijasida olingan ditillyatlarning jarayonning yoqilg`i-moy variantiga qarab chiqqan unumi keltirilgan.
14-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |