3 – LABORATORIYA ISHI.
NAM HAVONING PARAMETRLARINI ANIQLASH.
1 – UMUMIY MA’LUMOTLAR.
ISHNING MAQSADI: laboratoriya xonasidagi havoning xolatini aniqlash, hd diagramma yordamida nam havoning parametrlarini aniqlash.
Quruq havo bilan suv bug’i aralashmasi nam havo bir qator jarayonlarda va avvalo quritish jarayonida ishlatiladi. Nam havo gazlar aralashmasining xususiy hollaridan biridir.
Nam havodagi namning massaviy miqdori Gc quruq havoning massaviy miqdori Gx ga nisbatini massaviy nam saqlami deb aytamiz:
(1)
Ba’zan, d namning 1 kg quruq havoga to’g’ri keladigan massasini (gramm hisobida) ifodalaydi.
Nisbiy namlik deb, nam havodagi suv bug’i porsial bosimining suv bug’ining mazkur temperaturadagi to’yinish bosimiga ya’ni suv bug’ining shu temperaturada bo’lishi mumkin bo’lgan maksimal porsial bosimiga nisbatiga aytiladi.
(2)
kattalik, odatda foiz xisobida ifodalanadi. 0RbRs bo’lgani uchun, 0 100% bo’ladi. Quruq havo uchun =0, to’yingan havo uchun =100% bo’ladi. Bir kub metr nam havodagi gramm bilan ifodalanadigan suv bug’i massasi absolyut namlik deb ataladi.
PSIXROMETR. Namlikni o’lchash uchun, ko’pincha psixrometr deb ataladigan asbob ishlatiladi. U simobli ikkita termometrdan - quruq va ho’l deb ataladigan termometrdan iborat. Ho’l termometrning quruq termometrdan farqi shuki, uning simobli sharchasi suv bilan xo’llangan matoga o’rab qo’yiladi. Nam havo oqimi bu termometrlarni simobli sharchalarini yuvib o’tganda quruq termometr nam havo temperaturasini ko’rsatadi. Ho’l termometr esa o’zining simobli sharchasi o’ralgan nam matodagi suv temperaturasini bildiradi. Nam termometrni havo yuvib o’tganda ho’l mato sirtidagi suv bug’lanadi. (Agar nam havo to’yingan bo’lmasa). Bunda matoni yuvib o’tadigan xavo qanchalik quruq bo’lsa, suv shunchalik intensiz bug’lanadi, natijada nam mato temperaturasi pasaya boshlaydi.
Bu temperatura ho’l termometr temperaturasi deb ataladi. Quruq termometr temperaturasi tq bilan, ho’l termometr temperaturasi tx orasidagi ayirma havo namligiga proporsional bo’ladi.
Havodagi nam miqdori d bilan belgilanadi. tq va tx kattaliklar orasidagi bog’lanish jadvalllar va diagrammalar orqali beriladi.
Nam havoning hd diagrammasi.
Agar ordinatalar o’qiga nam havo entalьpiyasi h ni obsissalar o’qiga esa havoning nam saqlami d ni qo’yib chiqsak, u holda hd diagramma hosil bo’ladi. Bu diagramma yordamida nam havo bilan bog’liq bo’lgan hisoblarni qilish, jumladan, parametrlarni aniqlash va quritish jarayonlarini tekshirishni ancha soddalashtirish mumkin.
Obsissalar o’qi ordinatalar o’qiga 13o burchak ostida o’tkazilgan.
=100% egri chizig’i chegara chiziq xisoblanadi. SHu chiziq to’yingan havoni bildiradi. SHu chiziq oralig’i nam bug’ va quruq havo aralashmasi holatini belgilaydi.
hd - diagrammadan foydalanish.
a) Nisbiy namlikni aniqlash. ni aniqlash uchun, tq va tx chiziqlari kesishgan nuqta aniqlanadi. Bu temperaturalar psixrometrdan aniqlanadi.
b) Xavoni isitish va sovitish jarayonlarini o’rganish; nam havoni isitish vaqtida (masalan, kaloriferda) d=const bo’ladi.
Agar A nam havoning isitishdan oldingi holatini belgilasak, u holda shu nuqtadan vertikal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqni isitilgan havo temperaturasiga mos bo’lgan izoterma chizig’i bilan kesishgan nuqta (V) isitilgan havoning holatini aniqlaydi.
3-rasm. Nam havoning h-d diagrammasi.
Demak AV jarayon, bu havoni isitish jarayonidir. Sovitish jarayonini aniqlash uchun, boshlang’ich nuqtadan pastga vertikal tushirish lozim.
v) Havoni quritish jarayonini o’rganish.
Atrof muhitga issiqlikni isrofini hisobga olmasak, u holda quritish jarayonidan: t1=t2 bo’ladi. (AS-adiabat jarayon).
Lekin qurituvchi qurilmalarda atrofga issiqlik tarqatishni hisobga olsak (ya’ni =sonst), quritish jarayoni AD chiziq bo’yicha amalga oshadi.
g) SHudring nuqtasini aniqlash.
SHudring nuqtasini aniqlash uchun, boshlang’ich nuqtadan pastga d=const chizig’ini o’tkazib, =100% chizig’i bilan kesishgan nuqtasini aniqlash mumkin. SHu nuqtadan o’tayotgan izoterma shudring temperaturasini ko’rsatadi (3-rasm. E nuqta).
d) bug’ning parsial bosimini aniqlash.
Nam xavodagi bug’ning parsial bosimini aniqlash uchun shu nuqtadan parsial bosim chizig’igacha vertikal tushiriladi. Kesishgan nuqtadan masshtab chizig’iga gorizontal o’tkaziladi.
2. ISHNING BAJARISH TARTIBI.
Psixrometr yordamida nisbiy namlik aniqlanadi, so’ngra hd-diagrammadan foydalanilgan holda tq, shudring nuqtasini, nam havo entalьpiyasi h, havoning absolyut namligi , suv bug’larining parsial bosimi aniqlanadi.
3. XISOBOTNING MAZMUNI.
Laboratoriya ishining nomi.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Tajriba yakunlari.
Ishning yakuni bo’yicha xulosa.
Nazorat savollari:
1. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?
2. Psixrometr qanday ishlaydi?
3. Nam havoning hd-diagrammasini tushuntirib bering?
4. Nam havoning parsial bosimi qanday aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |