laboratoriya ishi Mavzu: Statik marshrutlarni sozlash va tekshirish va bosqich protokollarining bajarilish ketma-ketligi Ishning maqsadi



Download 139,25 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi139,25 Kb.
#493785
  1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya ishi


2- laboratoriya ishi
Mavzu: Statik marshrutlarni sozlash va tekshirish. 1 va 2 bosqich protokollarining bajarilish ketma-ketligi
Ishning maqsadi:
1. Kompyuter tarmoqlarida statik marshrutlashtirishni konfiguratsiyalash bo’yicha bilimlarga ega bo’lish.
2. Turli qurilmalarda ARP so’rovini jo’natish tamoyillarini mustahkamlash va kuzatish (o’rganish).
3. Kommutatorlarda tarmoqlarga jo’natiluvchi ARP so’rovlarini kuzatish (o’rganish)
4. Marshrutizatorlarda tarmoqlangan tarmoqlarga jo’natiluvchi ARP so‘rovlarini kuzatish (o‘rganish).

Umumiy ma’lumotlar

  1. Statik marshrutlarni sozlash va tekshirish.

Ko‘p hollarda birlashgan tarmoqlarda katta miqdorda marshrutizatorlar, ma'lumotlarni uzatmajg’ulotini turli vositalari va ulangan oxirgi tizimlardan foydalaniladi. Katta taqsimlangan tarmoqlarda masalan, Internet tarmog’ida yoki xatto katta xususiy tarmoqlarda har bir mashinani bu tarmoqda ishlovchi qolgan boshqa hamma kompyuterlar haqidagi axborot bilan ta'minlab bo‘lmaydi. Shu sababli infrastruktura va pereferiyali qurilmalarning normal ishlashi uchun iyerarxiya singari o‘xshashlikni kiritish talab etiladi. Birlashgan tarmoqlarda kompyuterlarning iyerarxik tuzilmasi marshrut ma’lumotni maxsus funksiyalarini kiritishni talab etadi.
Marshrutizatorlar aniq domen chegarasida marshrutlashtirish haqidagi axborotni o‘rganish va taqsimlash funksiyasini bajarishi mumkin. Bunday marshrutizatorlarni ichki shlyuzlar (interior gateway) deb ataladi. Mos ravishda lokal domendan tashqarida turgan tarmoqda marshrutlashtirish haqidagi axborotni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi marshrutizatorlar tashqi shlyuzlar (exterior gateway) deb ataladi.
Ichki marshrutizator bu - tarmoq qurilmalari tomonidan shu tarmoq chegarasidagi qurilmalarga murojaat qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan marshrutizatordir. Ichki marshrutizatorlar boshqa tarmoqlarga ulana olmaydi. 2.1-rasmda tarkibida ichki marshrutizatorlar ishlayotgan katta bo‘lmagan tarmoq ko‘rsatilgan.


2.1-rasm. Tarmoqning ichki marshrutizatorlari
Tashqi marshrutizatorlar bu - har qanday tarmoq chegarasida bo‘lmagan
marshrutizatorlardir.
3.2-rasmda. Internet tarmog‘ining primitivnaya modeli ko‘rsatilgan.
Uning maqsadi tashqi marshrutizatorlarni joylashtirish usullarini ko‘rsatib
berishdir.


2.2-rasm. Tashqi marshrutizatorlar.
Marshrutizatorlarning oxirgi tipi - chegaraviy marshrutizatorlar. Ularning nomidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu marshrutizatorlar tarmoqlar orasida aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qat'iy aytadigan bo‘lsak, marshrutizatorlarga boshqa avtonom sistemadan ulangan qurilma chegaraviy marshrutizator tushunchasiga yanada aniq tushuntirish beradi. Bunday holda ikkala marshrutizatorda BGP protokoli ishga tushiriladi. Ko‘pincha, BGP protokolli analog bo‘yicha chegaraviy marshrutizatorlarni tashqi deb atash mumkin bo‘lgan hollarga duch kelish mumkin, sababi bu protokol boshqaruvi ostida marshrutlashtirish protokoli hisoblanadi (ya'ni avtonom tizim tashqarisidagi marshrutlashtirish). Bitta chegaraviy Marshrutizator bir nechta avtonom tarmoqlarni qayta ishlashi (xizmat ko‘rsatishi) mumkin, xuddi bitta tashkilot bir yoki bir nechta avtonom sistemasi (tizimlarga) ega bo‘lgani kabi. Shuni yodda tutish kerakki, bitta marshrutlashtiruvchi qurilma ham ikki avtonom tizim o‘rtasida, ham xususiy va qandaydir boshqa tarmoq o‘rtasida chegara bo‘lishi mumkin. 2.3-rasmda 1 va 2 rasmlarda keltirilgan tarmoqlar misoliga asoslangan chegaraviy Marshrutizatorlarni ishlatishga (qo‘llash, foydalanish) misol keltirilgan.


2.3-rasm. Chegaralovchi Marshrutizatorlar
Statik marshrutlarning ishlash prinsipi (tamoyili).
Statik marshrutlarning ishlashi 3 ta holat bilan tasvirlanishi mumkin.
1. Tarmoq administratori statik marshrutni beradi.
2. Marshrutizator bu marshrutni o‘zining marshrutlashtirish jadvaliga kiritadi.
3. Paketlar ko‘PCatilgan statik marshrutlardan foydalangan holda uzatiladi.
Statik marshrut qo‘lda konfiguratsiyalanganligi sababli, uni Marshrutizatorda o‘rnatish uchun tarmoq administratori ip route mos buyrug‘ini kiritishi kerak bo‘ldi.
Bu buyruq quyidagi sintaksisga ega:
Router (config)#ip route prefix MASk{ip-address\interface_type interface_number} [distance]
2.4-rasmda Hoboken Marshrutizatorining tarmoq administratoriga boshqa
Marshrutizatorlarga ulangan 172.16.1.0/24 va 172.16.5.0/24 tarmoqlariga statik
marshrutni konfiguratsiyalash talab etiladi.


2.4-rasm. Statik marshrutlar.
Bu misolni bajarish (yechish) uchun tarmoq administratori bir yoki ikkita buyruqni kiritish mumkin. 1-misolda buning uchun chiqish interfeysi (serial 0) ko‘rsatiladi. 2-misolda yon (qo‘shni) Marshrutizatorning (172.16.2.2) IP adresi ko‘rsatiladi. Bu buyruqlarning ixtiyoriysi ham Hoboken Marshrutizatorining marshrutlash jadvalida statik marshruti beradi.
1-misol. Interfeys qo‘llanilgandagi statik marshrut.
Sterling (config) ip route #172.16.3.0 255.255.255.0
2-Misol. Keyingi o‘tish Marshrutizatorining IP-adresi qo‘llanilganidagi statik
marshrut.
Sterling (config) # ip route 172.16.3.0. 255.255.255.0 172.16.2.2
Bu ikki buyruq orasidagi yagona farq marshrutlashtirish jadvaliga uni kiritishda marshrutga beriladigan administrativ oraliq (administrative distance) hisoblanadi. Administrativ oraliq sifatida marshrut ishonchliligini xarakterlovchi (tavsiflovchi) shart bo‘lmagan parametr tushuniladi. Administrativ oraliqning kichik qiymatiga uncha ishonchli bo‘lmagan marshrut mos keladi.
Bunday tasdiq kichik administrativ oraliqni marshrut katta administrativ marshrutdan avval marshrutlashtirish jadvaliga kiritiladi. Standartga ko‘ra keyingi o‘tish adresidan foydalanilganda administrativ oraliq 1 ga teng qilib o‘rnatiladi. Administrativ oraliq uchun chiqish interfeysini berishda 0 qiymati o‘rnatiladi.
Agar standartdan farq qiluvchi administrativ oraliqni o‘rnatish talab etilayotgan bo‘lsada u holda keyingi o‘tish adresidan so‘ng 0 dan 255 oraliq intervaldagi qiymatni yoki quyida ko‘PCatilgan chiqish interfeysi ko‘rsatmasini kiritish kerak bo‘ladi.
ip route 172.16.3.0 255.255.255.0 192.16.2.1 255
Agar Marshrutizator biror bir sababga ko‘ra marshrutda berilgan chiqish interfeysini ishlata olmasa, u holda bu marshrut qurilma tomonidan ishlatilmaydi.
Bunday vaziyat (holat) agar ko‘rsatilgan interfeys ishlamasa, u holda marshrut marshrutlashtirish jadvaliga kiritilmasligini bildiradi.

Download 139,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish