2. Diagnostik ob’ektning asosiy nosozliklari
Nasosning asosiy nosozligi uning dvigatel moy tizimini me’yoriy moy bosimi bilan ta’minlab bera olmasligidir. Buning sababi - shesternyalarning radial va qirrali yeyilishi, reduktsion klapan prujinaning yeyilishi yoki elastikligining pasayishidir.
3. Diagnostik ob’ektning tuzilmaviy -sabab -oqibat bog’lanish sxemasini tuzish
Nasosning tuzilishi va uning ishonchliligini o’rganish asosida tuzilmaviy -sabab-oqibat sxemasi tuziladi (2-rasm). Bu holda kuyidagilar aniqlanadi:
Dianostikalash ob’ekti: dvigatelning moy nasosi;
Nasosning tuzilish elementlari: shesternyalar, qopqoq va nasos korpusi, reduktsion klapan prujinasi;
Elementlarning tuzilish parametrlari: shesternya yon boshi va qopqok, orasidagi tirqish, shesternya tishlari va korpus orasidagi radial tirkish, reduktsion klapan elastikligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |