5- LABORATORIYa IShI
BTda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish
Ishdan maqsad: Bipolyar tranzistordan yasalgan kuchaytirgich bosqichini tadqiq qilish va dinamik xarakteristikalari va differentsial parametrlarini o’lchash.
Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta’minlovchi elektron qurilma barqaror tok generatori (BTG) deb ataladi. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va tem-peratura o’zgarishlariga bog’liq bo’lmaydi.
5.1-rasm. Ideal BTG VAXi.
BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati o’zgarganda chiqish toki qiymatini o’zgarmas saqlashdan iborat bo’lib, ular turli funktsional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
O’zgarmas tok qiymatini faqat cheksiz katta dinamik qarshilikka ega bo’lgan ideal tok manbai ta’minlashi mumkin. Ideal tok manbai VAXi gorizontal AV to’g’ri chiziqdan iborat (5.1-rasm). UB sxemada ulangan BTning chiqish xarakteristikasi ideal tok generatori VAXiga yaqin bo’ladi. Demak, UB sxemada ulangan tranzistor amalda tok generatori vazifasini bajarishi mumkin. Lekin temperaturaviy barqarorlikni va keng dinamik diapazonni ta’minlash uchun amalda ikkita yoki undan ko’p tranzistor ishlatiladi.
Eng sodda BTG sxemasi 5.2-rasmda ko’rsatilgan. Sxemada I1 tok zanjiriga to’g’ri siljitilgan diod ulanishli, tayanch tranzistor deb ataluvchi VT1 tranzistor ulangan. U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini o’taydi. U RYu boshqariluvchi zanjir bilan ketma-ket ulangan VT2 tranzistorning emitter-baza o’tishini kuchlanish bilan ta’minlaydi.
VT2 tranzistor emitter-baza kuchlanishi bilan boshqarilgani munosabati bilan uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Ma’lumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bog’liq bo’l-maydi (5.2-rasm). Shuning uchun ixtiyoriy RYu dan o’tayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. I2 = I1 ekanligini amalda ko’rsatamiz.
5.2-rasm. Sodda BTG sxemasi.
IE1 va IE2 toklar yuqori aniqlikda
(5.1)
ifoda bilan approksimatsiyalanadi, bu erda, I0 – teskari silji-tilgan EO’ning to’yinish toki. Tranzistorlarning IE0 va φT para-metrlari aynan bir xil bo’lgani uchun UBE1= UBE2 shartdan
. (5.2)
5.1-rasmdan
, .
(5.1 ni e’tiborga olgan holda
(5.2)
yozish mumkin. Baza toki kollektor tokidan 50÷100 marta kichik bo’ladi. Shuning uchun hisoblashlarda I2 = I1 deb olish mumkin. Bundagi xatolik 1÷2% dan oshmaydi. Demak, RYu yuklama zanji-ridagi chiqish toki I2 , zanjir qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ki-rish tokini ham qiymat, ham yo’nalish bo’yicha takrorlaydi. Kirish toki qiymatiga kelsak, u etarli aniqlik bilan ga teng.
I1 tokning o’zgarmasligi barqarorlashgan kuchlanish manbai EM1 dan foydalanish hisobiga erishiladi. Natijada, I2 tokning zanjir parametrlari EM2 va RYu ga bog’liqligi yo’qotiladi.
Lekin bunday BTGda I2 tokning temperatura bo’yicha barqa-rorligi ta’minlanmaydi, chunki baza toki IB2 temperatura o’zga-rishlariga juda bog’liq. I2 tokning temperatura bo’yicha barqa-rorligini ta’minlash uchun murakkabroq sxemalardan foydala-niladi.
Masalan, 5.3-rasmda BTGning uchta tranzistorli sxemasi (Uilson tok ko’zgusi) keltirilgan. Unda boshqaruvchi VT1 va VT2 tranzistorlarnig baza toklari qarama-qarshi yo’nalgan.
Sxemadan
,
ko’rinib turibdi.
VT1 va VT2 tranzistorlar egizak. Ularning ishlash rejim-lari bir-birinikidan kollektor-baza kuchlanish bo’yicha farq qiladi. VT1 tranzistorning kollektor-baza kuchlanishi VT2 tranzistorning emitter-baza kuchlanishiga teng, ya’ni qiymati kichik. VT2 tranzistorning kollektor-baza kuchlanishi esa R rezistordagi va RYu zanjirdagi kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi va sezilarli darajada katta bo’lishi mumkin.
Lekin baza toki kollektor-baza kuchlanishi qiymatiga sust bog’langan, shuning uchun IB1= IB2. Emitter toklari ham 5.2-rasmdagi holat sabablariga ko’ra bir-biriga teng IE1= IE3. Natijada,
.
Bu ifodadan 5.2-rasmda keltirilgan sxemada kirish va chiqish toklarining qaytarilishi 5.3-sxemadagiga qaraganda yuqoriroq-ligi ko’rinib turibdi.
5.3-rasm. Uilson tok ko’zgusi sxemasi.
|
5.4-rasm. Aktiv tok transformatori.
|
Qator integral sxemalarda tayanch toki I1 (I2 << I1) qiymati katta bo’lgan kichik tokli BTGlar talab etiladi. Ushbu hollarda sodda BTGning takomillashgan sxemasidan foydalaniladi (5.3- rasm).
Bu sxema tok transformatori sxemasi deb ataladi. Uning uchun
; (5.3)
ifoda o’rinli.
Ideallashtirilgan o’tish VAX (5.1) dan foydalanib,
; (5.4)
yozish mumkin.
(5.3) va (5.4) ifodalardan
(5.5)
hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |