Nazorat savollari. Uilson tok kuzgusi sxemasini tushuntiring.
Aktiv tok transformatori sxemasini tushuntiring.
Sodda barqaror tok generatori sxemasini tushuntiring.
Barqaror tok generatori deb nimaga aytiladi.
Ideal barqaror tok generatori sxemasini tushuntiring.
Barqaror tok generatorini harakteristik tavsifiy kattaligini tushuntiring.
6- LABORATORIYa IShI
MTda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish
Ishdan maqsad: Maydoniy tranzistorda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq qilish va parametrlarini o‘lchash.
p–n o‘tish bilan boshqariladigan MT yoki kanali qurilgan MDYa–tranzistorlar asosidagi kuchaytirgichlar asosan, kirish kaskadlari sifatida qo‘llaniladi. Bu hol MTlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:
- katta kirish qarshiligiga egaligi yuqori Omli signal manbai bilan moslashtirishni osonlashtiradi;
- termobarqaror ishchi nuqtada barqarorlik yuqori.
UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad.n – kanali p–n o‘tish bilan boshqariladigan UI ulangan kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 6.1-rasmda keltirilgan.
Kirish signali manbai UG ajratuvchi kondensator S1 orqali, yuklama qarshiligi RS esa, kaskadning chiqishiga S2 ajratuvchi kondensator yordamida ulangan. Zatvorning umumiy shina bilan galvanik bog‘lanishi RZ≈1 MOm rezistor orqali amalga oshiriladi. Bu galvanik aloqa zatvordagi manfiy siljituvchi kuchlanishni hosil qilish uchun zarur.
Bunday tranzistor ishlash prinsipi kanal qarshiligini p–n o‘tishga teskari siljitish berib o‘zgartirishga asoslanadi. n–kanalli tranzistor uchun kuchlanish manbai +EM, zatvorga esa RI dagimanfiy kuchlanish pasayishi beriladi. Bitta kuchlanish man-bai ishlatilganda zatvordagi UZI kuchlanishni sokinlik rejimida avtomatik siljituvchi RISI ta’minlaydi. UZI kuchlanish RI qarshilik orqali IS sokinlik toki oqib o‘tishi hisobiga hosil bo‘ladi: UZI = - IS ·RI. Keng dinamik diapazonga ega bo‘lgan kuchaytirgich holatida, ya’ni kirish signali amplitudasi bir necha voltni tashkil etganda, tabiiyki UZI kuchlanishning sokinlik rejimdagi qiymati UZI.BYeRK va UZI.maks (tranzistor pasport ko‘rsatmalari) kuchlanishlar yig‘indisining yarmiga, ya’ni UZI = 0,5(UZI.BYeRK+UZI.maks).
UZIva IS larning sokinlik rejimdagi qiymatlarini stok-zatvor xarakteristikasidan aniqlab, RIning qiymatini topish qiyin emas.
Ko‘rilayotgan sxemada RI rezistor ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, u sokinlik rejimida ishchi nuqta boshlang‘ich holatini ta’minlaydi va ikkinchidan, unga yuklama toki bo‘yicha (UE ulangan sxemada RE dek) ketma-ket manfiy TAni kiritadi. Bu o‘z navbatida kaskad kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishiga olib keladi va sokinlik rejimini temperatura bo‘yicha barqarorlaydi. O‘zgaruvchan tok bo‘yicha manfiy TAni yo‘qotish uchun RI rezistor SI kondensator bilan shuntlanadi.
A rejimda ishlovchi kuchaytirgichlar uchun sokinlik rejimida tranzistorning istoki va stoki orasidagi kuchlanish USI = IS·RS teng qilib olinadi. Bunda EM = USI + ISRS + ISRI ning qiymati USI.maks (pasport ko‘rsatmasi) dan ortmasligi kerak.
Katta signal rejimi uchun kuchaytirgichning statik uzatish xarakteristikalarini uchta paramertlarini IS, UZI, UKSIo‘zaro bog‘-lovchi umumlashgan grafik sifatida ifodalash mumkin. VS264D tranzistorli kaskadning parametrlari EM=15V, RS=2,5 kOm bo‘lgan-dagi umumlashgan garfigi 6.2-rasmda keltirilgan.
6.2-rasm. UI ulangan n – kanali p – n o‘tish bilan boshqariladigan MTning umumlashgan dinamik xarakteristikalari.
Bu yerda A nuqta koordinatalari bir vaqtning o‘zida barcha uchta parametrlar: chiqish toki hamda kirish va chiqish kuchlanishlarini aniqlaydi. Berilgan signal amplitudasi uchun kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentini topish mumkin.
DK kirish qarshiligini kichik kirish tokiga ega MTlarni qo‘llab ham oshirish mumkin. Bunday sxemalarni yaratishda p–n o‘tish bilan boshqariluvchi MTlar afzal hisoblanadi, chunki ular xarakteristikalarining barqarorligi yuqoriroq.
Kanali p–n o‘tish bilan boshqariladigan n–kanalli MTlar asosidagi DKning an’anaviy sxemasi 6.3-rasmda keltirilgan. Tok belgilovchi BTG VT3 tranzistor bilan RI rezistor asosida hosil qilingan.
RSIL1 va RSIL2rezistorlar VT1 va VT2 tranzistorlar zat-voriga boshlang‘ich siljitish berish uchun xizmat qiladi. DKning kirish qarshiligi teskari siljitilgan p–n o‘tishning diffe-rensial qarshiligidan iborat bo‘ladi va 108 ÷ 1010 Om ni tashkil etadi.
Ba’zan DK kirish qarshiligini oshirish uchun n–kanalli p–n o‘tish bilan boshqariladigan MT va n–p–n tuzilmali BTlardan tashkil topgan tarkibiy tranzistorlardan foydalaniladi. DKlarning barcha ko‘rilgan turlari har xil OKlarning kirish kaskadlari sifatida ishlatiladi.