Laboratoriya ishi №9 Mavzu: Virtual laboratoriyalar bilan ishlash Reja


Crocodile ICT dasturini o’rnatish va mashg’ulotlarni tashkil etish



Download 52,5 Kb.
bet3/3
Sana29.01.2022
Hajmi52,5 Kb.
#417857
1   2   3
Bog'liq
lab 9

3 . Crocodile ICT dasturini o’rnatish va mashg’ulotlarni tashkil etish.
Fan – tеxnikaning rivojlanishi va axborot tеxnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yеchishga imkon bеradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini yurtimizda kеng joriy etish mеtodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.
Ta’lim jarayoniga xususan O‘zbеkiston Rеspublikasida aniq fanlarni o‘qitishda inqilobiy burilishga sabab bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Crocodile ICT dasturi Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o’qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo’limini o’quvchiga aniqroq yetkazib berish mumkin.
Оbyektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l kеladigan Crocodile ICT ning oddiy intеrfеysi va blok sxеmalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Crocodile ICT o’zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
Dasturlash fanida Crocodile ICT dastur muhitidan foydalanish orqali algoritmni o`rganish mumkin.
Crocodile ICT dasturi matematik va fizik jarayonlarni modellashtirish chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va prodsiduralarni o`rganish kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dastur algoritmning blok sxemalarni o`rganish kuzatish, tajribalar o’tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi. Dastur dasturlash faning barcha bo’limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi.
Crocodile ICT dasturini o’rnatish jarayoni:
Dastlab Crocodile ICT dasturi instalyatsion paketini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi. O’rnatish jarayonini davom ettiramiz.
Ustanovka jarayoni tugallandi. Endi Crocodile ICT dasturini ishga tushirish mumkin. Crocodile Ict dasturi ishchi oynasi quyidagicha:
Yangi model yaratish uchun New model tugmasini tanlaymiz.
1-virtual tajriba. Misol funksiya bajarilish va sikl orqali ko`rsatilgan bu erda qiz yoki o`g`il bolaning raqs orqali keltiriladi raqslarni turli ko`rishigga keltirish qiymatlarni turli berish bilan bir xil.
Start boshlandi qiz bir marta raqs tushadi va siklga o`tiladi bunda bajarilish 4 marta takrorlanadi. Buning uchun berilgan qiymatlar quyida keltirilgan

XULOSA
Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir paytida ikkita kuchning o’zaro qiymatlaridagi o’zgarishlar ta’sirida ro’y beradi. Sharcha pastga xarakatlanayotganda og’irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik kuchining ta’siri kamayib og’irlik kuchining ta’siri ortib boradi. Dasturning o’ziga xos xususiyatlari: dasturlashning algoritm(blok sxemalarni)hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur,qadamma-qadam o’rgatuvchi darslar,algoritm bo’limlariga oid tayyor modellar, matematik va fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati,mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys,tajribalarni amalga oshirish va kuzatish,dasturning kuchli instrumentariyasi,tajribada qatnashayotgan qiymatini juda yaxshi aniqliq bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli bog’lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog’ozga chop etish mumkin.
Bu dasturdan o’rta maktab o’quvchi va o’qituvchilari, listey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari «chiziqli», “takrorlanuvchi”, “tarmoqlanuvchi”, “murakkab prodsidura“ dasturlash fanlarida qo’shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
Bu dastur, kasbi kim bo’lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o’rgatadi. Dastur imkoniyatlari juda keng bo’lib, undan amaliy va tajriba mashg’ulotlarda (ya’ni masalalar yechishda) ayniqsa, virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish