Laboratoriya ishi №9 mavzu: sibelius nota muharriri dasturida ishlashni o‘rganish ishning maqsadi



Download 369,77 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi369,77 Kb.
#276354
  1   2
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI-9


LABORATORIYA ISHI №9

MAVZU: SIBELIUS NOTA MUHARRIRI DASTURIDA ISHLASHNI O‘RGANISH

Ishning maqsadi: Sibelius nota muharrir dasturida komyuter xotirasiga notalar kiritish va ularni tahrirlash, chop etishni o‘rganish.

Topshiriqning berilishi. Sebelius dasturi yordamida kompozitor Paul de Sennevillening “Ballade pour Adeline” (Kambag’al Adelina haqida ballada) kuyi notasini kompyuter hotirasiga kiriting.
NAZARIY MA’LUMOTLAR

Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining paydo bo’lishi musiqada katta imkoniyatlarni olib kirdi. Endilikda har qanday kishi butun orkestri ovozini chalishi, ovozli fayllarni xuddi professional studiyadagi singari montaj qilishi, ularga har xil effektlarni qo’shishi mumkin. Har qanday havaskor musiqachi o’zining shaxsiy nashriyotiga ega bo’ldi. Endi u kompyuter orqali biron bir kompozitsiyani osongina yozishi va bosib chiqarishi mumkin.

Hozirgi kunda ko’plab nota muharrirlar mavjud. Ulardan “Finale”, “Encore”, “Sibelius” kabi nota muharrirlaridan ko’plab foydalanuvchilar foydalanishmoqda.

Sibelius nota muharrir dasturi  — Amerikaning “Sibelius Software” komponiyasi dasturchilari amerikalik egizaklar Ben va Janatan Finlar tomonidan 1986 yili yaratilgan. U har xil darajadagi musiqachliar, bastakorlar va raqamli MIDI dunyosiga qiziqqan barcha hohlovchilar uchun mo’ljallangan. Dasturning asosiy xususiyati sodda foydalanuvchi interfeysga egaligi va musiqalarni tez qayta ishlashi hisoblanadi. Ichki musiqa kutubxonasi simfonik orkestr, rok yoki estrada asboblarining barcha nozik tomonlarini ochib bera oladi. Dastur kompyuter klaviaturasidan foydalangan holda yuqori darajadagi sifatli musiqalarni yaratishga imkon beradi. Dastur yordamida tayyorlangan parnituralarni eshitish, grafik rejimda saqlash yoki Internet resurslarida (YouTube, SoundCloud, Facebook) nashr etish mumkin. Dastur virtual sekvensorlar va sintezatorlar bilan tez sinxronlashadi, MIDI treklarni notalarga o’zgartirishi va aksincha notalarni treklar bilan almashtirish mumkin. Biroq, dastur bilan ishlashdan oldin, foydalanuvchilar musiqiy notalar haqida tasavvurga ega bo’lishi tavsiya etiladi. Dastur professional bastakorlar va didjeylar ichida juda mashhurdir. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlar dasturning 7.5 tahririyati uchun beriladi. Boshqa tahririyatlarda ham asosiy jarayon deyarli bir xil. Sibelius 7.5 tahririyatining asosy hususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • Masalaga mo’ljallangan interfeysga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi masalaga mo’ljallangan panellardan iboratki, ular yordamida tezda kompozitsiyalarni tahrirlash mumkin. Unda har bir funksiya grafik tugmaga bog’langan va bu tugmalarga tavsiflar berilgan.

  • Professional musiqiy kutubxonasiga ega. Masalan, Sibelius 7 tahririyatida 38 Gbdan yuqori professional ravishda tayyorlangan tarkibiy qismlarni, shu jumladan maxsus yozilgan simfonik orkestri, rok va estrada asboblarini va boshqa ko’p narsalarni o’z ichiga oladi.

  • 64 bitli arxitekturani to’liq qo’llab-quvvatlash. Bugungi kunda 64 bitli uskunalar va operatsion tizimlar tezlikni va xotiradan foydalanishning katta afzalliklarini taqdim etadi. Sibelius 7.5 tahririyati dunyodagi birinchi 64-bitli musiqa muharriri bo’lib, 64 bitli tizimning to’liq quvvatini ochishga imkon beradi.

  • Matn va nashrni takomillashtirish. Eng so’nggi OpenType shriftlaridan foydalanish mumkin..

  • Yagona monitordan foydalanish uchun interfeysni optimallashtirish. Ko’pgina mijozlar noutbuklarni yoki bitta monitorli boshqa tizimlarni afzal ko’radi. Shuning uchun, Sibelius interfeysi har qanday vaziyatda, vaqt va joyda musiqaga diqqatni jamlashga imkon beradigan tarzda yaratilgan.

  • Grafiklarni import va eksport qilish. Sibelius dasturi grafik ob’ektlarni barcha asosiy formatlarda import va eksport qilish imkoniyatiga ega. Keyinchalik ularni o’quv materiallari va boshqalarni yaratishda ishlatish mumkin.

Windows OT muhitida dasturni ishga tushirish uchun mavjud ma’lum usullar “Пуск\Все программы\” yoki dasturni o’rnatgandan so’ng Windows ish stolida paydo bo’lgan yorliq orqali amalga oshiriladi. Dastur ishga tushganda kompyuter ekranida o’zida bir qancha masalalarni mujassamlashtirgan “Быстрый запуск” (Quick Start) nomli oyna ochiladi. Quyidagi 4.1-rasmga qarang.

“Быстрый запуск” oynasining ko’rinishi



Bu oyna quyidagi 5ta bo’limdan iborat:

  1. Обучение” bo’limida dasturda ishlashni o’rgatuvchi “Видео” va dasturning hujjatlarini aks ettiruvchi “Документация” bandlari mavjud:

    • “Видео” bandida dasturda ishlash bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni beruvchi “Краткий обзор”, dasturning ushbu tahririyatidagi yangiliklar bilan tanishtiruvchi “Что нового” va boshqa nota muharrirlardan foydalanuvchilar uchun “Sebilius для пользовательей других нотных редакторов” nomli video lavhalar mavjud. Bu video lavhalarni ko’rish uchun kompyuter Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Chunki bu video lavhalar dasturning o’z saytida joylashgan.

    • “Документация” bandida Sibelius 7.5 tahririyatida ishlash bo’yicha elektron shakldagi darslik, foydalanuvchilar uchun ma’lumotnoma va dasturning ushbu tahririyatidagi yangiliklar haqida materiallar keltirilgan.

  2. Создать новyю партитуру” bo’limida notalar yozish uchun nota varog’i ya’ni partitura yaratiladi. Bu band tanlanganda ekranda bir qancha tayyor partitura shablonllari turlari bo’yicha paydo bo’ladi. Bu shablonlar musiqa asboblarini birgalikda ijro etuvchilari bo’yicha turlarga ajratilgan holda berilgan. Masalan, “Ансамбль” turi. Bu turda “Духовой ансамбль”, “Концертный ансамбль”, Концертный ансамбль, небольшой” kabi yana bir qancha partitura shablonlari keltirilgan. Foydalanuvchi bu shablonlar asosida yangi partitura yaratishi va unga kerakli notalarni kiritishi mumkin.

  3. Недавние” bo’limida oxirgi ochilgan hujjatlar royxatini ko’rsatadi. Ularni keraklisini tanlash orqali ularni qayta ochish mumkin.

  4. Импорт” bo’limi yordamida boshqa musiqiy dasturlarda yaratilgan hamda “MIDI” (ingliz. “Musical Instrument Digital Interface”) va “Music XML” kabi formatlarda eksport qilingan fayllarni (partituralarni) import qilish orqali tahrirlash uchun ochadi. Shuningdek, bu yerda “PhotoScore” va “AudioScore” kabi dasturlar kompyuterda o’rnatilgan bo’lsa “PhotoScore” tugmasi bosish orqali PhotoScore Scan-ni ochib notalarni skanirovat qilish va uni tahrirlash uchun Sebilius dasturiga jo’natadi, “AudioScore” tugmasi bosilsa mikrofondan yozish va musiqiy matnni tanish uchun plaginini ochadi.

  5. Последние новости” bo’limida dasturni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan yangiliklarni ko’rish uchun murojaat qatorlari berilgan.

Bu nomlari keltirilgan barcha bo’limlar oynasining quyi qismida quyidagi ma’lum bir vazifa bajaruvchi boshqarish elementlari keltirilgan:

  • “Открыть другие” – bu tugma yordamida diskda mavjud partituralarni ochish mumkin;

  • “Показывать диалоговое окно Быстрый запуск при запуске Sibelius 7.5” matn maydonini belgilash orqali “Быстрый запуск” oynasini har safar dastur ishga tushganda ochiladigan qilish va aksincha belgilashni olish orqali dastur ishga tushganda ochilmaydigan qilish mumkin.

  • “Показывать диалоговое окно Быстрый запуск после закрытия последней партитуры” matn maydoni belgilash orqali oxirgi partuturani yopgandan keyin “Быстрый запуск” oynasini ochiladigan qilish mumkin;

  • “Выход из прoграммы Sibelius 7.5” tugmasini bosish orqali dastur bilan ishni yakunlash mumkin;

  • “Закрыть” tugmasi “Быстрый запуск” oynasini yopadi.



Download 369,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish