Ishni bajarish uchun qurilma tasviri
Sharni bir necha marta otgandan keyin nusxalovchi qog’oz olinadi va oq qog’oz sharning tushgan joylari aniqlanadi. Asboblar to’g’ri o’rnatilganda sharning tushgan joylari uncha tarqoq bo’lmaydi. Shuning uchun tajribani juda aniqlikda bajarish zarur bo’ladi.
Eslatma: 1. Tajriba o’tkazishda to’pponchadan o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. 2. To’pponchaga shar joylashganida ko’z bilan qarash mutlaqo man etiladi!
ISHNI BAJARISH TARTIBI
Birinchi topshiriq. Shar uchish uzoqligining otish burchagiga bog’liligini o’rganish.
To’pponchani turli burchak ostida o’rnating va har bir holatda uch, to’rt marta otib ko’ring.
Shar tushga nuqtalarni qalam bilan belgilang va o’rtacha tushish nuqtasini aniqlang. O’lchov tasmasi bilan sharning uzoqliklarini o’lchang va natijalarni jadvalga kiriting.
Tajribada topilgan natijalar asosida xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |