LABORATORIYA ISHI № 7
III, IV klass nivelirlashni bajarish.
Ishdan maqsad: III, IV klass nivelirlashni bajarish tartibini o‘rganish.
III - IV klass nivelirlash topografik tasvirlov va muhandislik ishlarida balandlikka asos bo’luvchi reperlar balandlik belgisini aniqlashda qo’llaniladi. Nivelirlash yo’li yirik miqyosli topografik xaritaga belgilanadi, joyni rekognossirovka qilish vaqtida nivelirlash rejasi tuziladi, repYer va marka o‘rni belgilanadi va o‘rnatiladi. Bu tayyorgarlik ishlari tugagach, nivelirlash boshlanadi. Nivelirlash ishi H3, H3K nivelirlari vositasida, bir tomonli yoki ikki tomonli adilakli reyka bilan bajariladi. Asbobdan reykagacha bo’lgan masofa 100m dan oshmasligi kerak, bunda masofalar ipli dalnomer yoki ingichka sim bilan o‘lchanadi. Nivelir bilan reykalar masofasida farqi 2-5m dan oshmasligi lozim.
Nivelirlash tartibi. Nivelirlashdan ishlatiladigan reykaga qarab, ishlash tartibi turlicha olib boriladi.
Ikki tomonli reyka ishlatilganda, quyidagicha ishlanadi: asbob gorizontal holatga keltirilgach, ketingi va oldingi reykalar boshmoq yoki kostilga qo’yiladi, keyin quyidagi tartibda sanoq olinadi:
a) ketingi nuqtaga karab, reykaning qora tomonidan iplar to‘rining yuqori ipidan (226) va o‘rta ipidan (596) sanoqlar olinadi.;
b) nivelirni aylantirib, oldingi nuqtadagi reykaga qarab, qora tomondan yuqoridagidek (0541) va (0909) sanoqlari olinadi;
v) reykalar 180° aylantirib, oldingi reykaga qarab, reykaning qizil tomonidan o‘rta ip bo’yicha (5695) sanoq olinadi;
g) keyin ketingi nuqtaga karab, reykaning qizil tomonidan o‘rta ip bo’yicha (5283) sanoq olinadi. Nivelir H3 bilan ishlaganda, xar sanoq olishdan oldin silindrik adilak gorizontal holatga keltiriladi. Olingan sanoqlar mahsus jadval (4-jadval)ga yoziladi. Yuqori va o‘rta iplardan olingan sanoqlar orqali dalnomer masofasi topiladi. Masalan, keyingi reykagacha 596-226=370, oldingi reykagacha 909-541=368.
4-jadvalda bir stansiyadagi ish tartibi keltirilgan. Nisbiy balandliklardagi farq 5mm dan oshmasligi kerak. Keyingi stansiyalarda ham yuqoridagidek ishlanadi, lekin oldingi nuqtadagi reykachi o‘z o‘rnida qolib, keyingi nuqtadagi reykachi oldingi nuqtaga o‘tishi kerak bo‘ladi.
4- jadval
Stansiya
nomYeri
|
Nuqtalar
nomYeri
|
Keyingi, oldingi nuqtalarning dalnomYer masofasi
|
Reykalar sanog‘i
|
Nisbiy balandlik, mm.
|
Nisbiy balandlikning o‘rtachasi h0, mm
|
Keyingi
a
|
Oldingi
b
|
I
|
A-V
|
370 (7)
368 (8)
|
226 (1)
596 (2)
5283 (6)
|
541 (3)
909 (4)
5695 (5)
|
-313 (11)
-412 (12)
|
-312 (13)
|
4687 (9)
|
4786 (10)
|
+99 (14)
|
Bir tomonli reyka bilan ishlashda sanoqlar quyidagicha olinadi:
a) ketingi reykadan iplar to‘rining o‘rta va yuqori iplaridan sanoqlar olib yoziladi;
b) oldingi reykadan ham yuqoridagidek sanoqlar olib yoziladi;
v) asbob balandligi kamida 100mm o‘zgartirilib, yana gorizontal holatga keltiriladi;
g) oldingi reykadan iplar to‘rining o‘rta ipidan sanoq olib yoziladi;
d) orqa nuqtadagi reykadan iplar to‘rining o‘rta ipidan sanoq olib yoziladi.
Olingan sanoqlar bo‘yicha jadvalda nisbiy balandliklar hisoblanadi.
III-klass nivelirlashda nivelirlash yo‘lining yo‘l qo‘yarli xatosi IV-klass nivelirlashda (L- nivelirlash yo‘lining uzunligi,kmda bo‘lishi kerak.)
Nazorat savollari
III-IV- klass nivelirlash qanday ishlarda qo‘llaniladi?
Bir tomonli reyka bilan nivelirlash tartibi.
Ikki tomonli reyka bilan nivelirlash tartibi.
III klass nivelirlashda nivelirlash yo‘lining xatosi qanday hisoblanadi?
IV klass nivelirlashda nivelirlash yo‘lining xatosi qanday hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |