Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Jismlarning cho’zilish deformatsiyasini o’rganish va Yung (elastiklik) modulini aniqlash qurilmasining umumiy ko’rinishi 2-rasmda keltirilgan. Qurilma bir jinsli rezina chilvir, shtativ va yuklar to’plamidan iborat. Shuningdek, rezina chilvirning uzunligini oichash uchun chizg’ich va diametrini o’lchash uchun shtangensirkul berilgan. Rezina chilvirning bir uchi shtativning qisqichiga mahkamlangan. Yuk osish uchun ikkinchi uchiga ilgak o’rnatilgan.
2-rasm
Qurilmani yig’ib bo’lgach, ilgakka yuk osiladi va o’lchash ishlari olib boriladi. Ilgakka ilinadigan yuklar soni oshirilib tajriba davom ettriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |