Nanokukunlar asosida olingan yangi konstruksion materiallar. Nano o’lchamli materiallarni olish usullari. Nanomateriallarni olish usullariga bo’lish negizida nanomaterialni sintez bo’lish jarayoni yotadi. Shu nuqtai nazardan olish usullari quyidagi turlarga bo’linadi: mexanikaviy, fizikaviy, ximiyaviy va biologik. Mexanikaviy usul materiallarga katta deformatsiyalovchi kuch ta‘siriga asoslangan: bosim, egish, vibratsiya, ishqalash, kavitatsion jarayonlar va x.k. Fizikaviy usullar asosida fizikaviy o’zgarishlar yotadi: bug’lanish, kondensatsiya, toblash, termotsikllash va boshqalar. Ximiyaviy usullar ximiyaviy reaksiyalarga asoslangan: elektroliz, qaytarilish, termik parchalanish. Biologik usul oqsil tanachalarida o’tadigan biologik jarayonlarga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |