Laboratoriya ishi № 6 Fullerenlar. Nanoquvurlar va nanotolalarni o’rganish Nazariy qism Nanoximiyada uglerodning ahamiyati juda ktta, fullerenlar va nanoquvurlarning kashf etilishi ham ko’p jihatdan ana shunga bog’liq. Fullerenlar – shakliga ko’ra futbol to’pini eslatadigan sharsimon karkas strukturali 40 tadan ko’proq uglerod atomlaridan iborat klasterlardir. Fullerenlar - olmos, grafit va karbin singari uglerodni allotropik formalari hisoblanadi. Fullerenlar o’z nomlarini arxitekturada shunga o’xshash strukturalardan foydalanishni o’ylab topgan arxitektor Fuller nomidan olishgan. Eng turg’un fulleren C60 bo’lib, uni 1985 yilda Kroto xodimlari bilan topgan. Fullerenlarni tadqiq eta borib turli miqdordagi - 36 dan 540 gacha uglerod atomlaridan iborat klasterlar olindi. 1991 yili yapon olimi Sumio Iijima uglerodli uzun strukturalarni aniqladi, keyinchalik ularni nanoquvurlar deb ataldi. Fullerenlar va nanoquvurlar nanotextexnologiyalarning eng ko’p tadqiq etiladigan, bir qator g’aroyib xossalarga egabo’lgan va fan va texnikada keng qo’llani-layotgan ob’ektlari hisoblanadilar. Fullerenlar va nanoquvurlar nanotextexno-logiyalarning eng ko’p tadqiq etiladigan, bir qator g’aroyib xossalarga egabo’lgan va fan va texnikada keng qo’llanilayotgan ob’ektlari hisoblanadilar.
Nanonaycha - bu milliondan ortiq uglerod atomlaridan iborat molekula bo‘lib u diametri 1 nanometrga yaqin va uzunligi bir necha o‘n mikron bo‘lgan naycha ko‘rinishidadir. Naycha devorlarida uglerod atomlari to‘g‘ri oltiburchaklarning uchida joylashgan. Grafit qatlamli tuzilishga ega. Uning har bir qatlami to‘g‘ri olti burchaklardagi bir-biriga kovalent ravishda bog‘langan uglerod atom- laridan iborat.
Fulleren molekulasi tuzilishining qizig'i shundaki, bunday uglerod “to‘pi”ning ichida bo'shliq hosil bo'ladi, unga kapillar xususiyatlari hisobiga boshqa material laming atom va molekulalarini kiritish mumkin, bu esa ularga, masalan, ularning xavfsiz ko‘chirish imkonini beradi. Fullerenlarni o'rganish davomida uning tarkibida uglerod atomlari soni turlicha - 36 tadan 540 tagacha bo'lgan molekulalari sintez qilindi va o‘rganildi. Nanonaycha - bu milliondan ortiq uglerod atomlaridan iborat molekula bo‘lib u diametri 1 nanometrga yaqin va uzunligi bir necha o‘n mikron bo‘lgan naycha ko‘rinishidadir. Naycha devorlarida uglerod atomlari to‘g‘ri oltiburchaklarning uchida joylashgan.
Elektronika uchun nanotrubkalar kabi 1-D nanoob’ektlar juda muhim ahamiyat kasb etdi. Umuman olganda hamma nanotrubkalar 2 ta katta toifaga bo‘linadi:
Uglerodli nanotrubkalar (UNT)
Uglerodsiz nanotrubkalar.
Bundan tashqari hamma nanotrubkalar qatlamlarning soni bo‘yicha ajralib turadi: bir qatlamli, ikki qatlamli, ko‘p qatlamli.