LABORATORIYA ISHI № 5
Bo‘ylama va ko‘ndalang kesim tuzish
Ishdan maqsad: Bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlarini tuzishni, loyihalash ishlarini o‘rganish.
Bo‘ylama kesim tuzish
Bo‘ylama va ko‘ndalang kesim 60x30sm. o‘lchamga ega millimetrli qog‘ozda tuziladi. Trassaning bo‘ylama kesimi 2 xil miqyosda: gorizontal 1 : 10000, vertikal 1: 1000 da chiziladi.
Buylama kesim tuzish tartibi:
1. Millimetr qog‘ozni chap tarafida qog‘ozning o‘rtasidan gorizontal chiziq o‘tkaziladi. Undan pastda kesim to‘riga tegishli ma’lumotlar kiritiladigan gorizontal qatorlar majmuasi chiziladi. Qatorlar o‘lchami va nomlari 1-rasmda ko‘rsatilgan.
2. Nivelirlash jurnalida berilgan ma’lumotlarga asosan “Masofalar” qatoriga 1: 10000 miqyosda trassa piketlari (PK 0, PK 1 va x.k.) va oraliq (+40, +50, PK 3, +62 va h.k.) nuqtalar o‘rni tik chiziqlar bilan belgilanadi. Har bir piket chizig‘ining tagiga uning raqami (nomer): 0, 1,2 va x.k lar yozib qo‘yiladi. Piketlar va oraliq nuqtalar orasidagi masofa ko‘rsatiladi. Bu masofalarning yig‘indisi 100m ni tashkil etishi kerak. Bo‘ylama kesimga “X” nuqtalar va PK 14+50 dagi ko‘ndalang kesim nuqtalari (o‘ngga +8, +20 chapga +4, +14,+20) kiritilmaydi.
“Yer belgilari” qatoriga nivelirlash jurnalidan (11-ustun) piket va oraliq nuqtalarining tegishli mutloq balandlik belgilar 0,01m. gacha yaxlitlab ko‘chiriladi.
3.To‘rning eng yuqori gorizontal chizig‘i (shartli sath yuzasi) dan 6-10sm. ko‘tarilib, tik chiziq bo‘yicha 1:1000 miqyosda jurnalidagi mutloq balandliklarga ko‘ra 10m gacha yaxlitlangan balandliklar belgisi xar 1sm da yozib chiqiladi (130,140,150 va h.k.) Nivelirlash jurnalining “Yer belgilari” qatoridagi mutloq balandlik belgilari bo‘yicha PK va oraliq (+) nuqtalarining tik chiziq (ordinata)lardagi o‘rni belgilanadi. Ordinatalar uchi to‘g‘ri siniq chiziqlar bilan tutashtiriladi. Bu hosil bo‘lgan siniq chiziq trassaning bo‘ylama kesimi bo‘ladi.
4.“Yer qatlami” qatoriga geologik qidiruv ishlari natijasida olingan yerning ustki qatlami tarkibi yoziladi (qumlik, loy, tosh va h.k.).
5. Tafsilotlar” qatoriga piketlash daftarchasidan trassa yoni tafsilotlari tushiriladi, qator o‘rtasi bo‘ylab uzunasiga trassa o‘q chizig‘i chizilib, burilish uchlari piket o‘rni (BU1PK)ga ko‘ra tegishli tomonga qaratilgan (chap, o‘ng) mil (strelka) lar bilan ko‘rsatiladi
6. “Trassa tarhi” qatorida yana trassa o‘q chizig‘i o‘tkaziladi hamda “Trassa egri va to‘g‘ri chiziqlari jadvali”da hisoblab topilgan trassaning hamma egri chiziqlari (EBpk, EOpk) piket o‘rni qiymatlariga ko‘ra egri chiziqlar oval chiziq bilan belgilanadi. Agar burilish o‘ng tarafga bo‘lsa, oval pastdan, agar chap tarafga bo‘lsa - yuqoridan chiziladi. Egri chiziqning bosh va oxirgi nuqtasidan “Masofalar”gacha tik chiziq ko‘tarilib ikki tarafida piketlargacha bo‘lgan masofa beriladi. Trassaning to‘g‘ri chiziqli uchastkalarining azimutlari (A0 va A1) xamda uzunliklari trassa boshidan egri chiziq boshigacha (d1) va egri chiziq oxiridan trassa oxirigacha (d2) trassa o‘qi chizig‘ining usti va tagida ko‘rsatiladi.
7. “Kilometrlar” qatorida PKO dan boshlab xar 10- piketda 5mm li yarmi bo‘yalgan doirachalar ( ) shaklida kilometr belgilari qo‘yiladi va km raqami yoziladi.
8. Chizma yuqorisida bo‘ylama kesim nomi va qo‘llanilgan miqyoslar qiymati yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |