O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter tizimlari kafetrasi
Ma’lumotlar kommunikatsiyasi
LABORATORIYA ISHI № 4
Guruh: 210-18
Toshkent–2021
1
|
Konsentratorlar va ularning turlarini o`rganish?
|
2
|
Kammutatorlar va ularning turlari vazifalari?
|
3
|
2-darajali kammutatorlar va ularning vazifalari?
|
4
|
3 va 4-darajali kammutatorlar va ularning vazifalari?
|
Topshiriqlar
Konsentratorlar va ularning turlarini o`rganish?
Kompyuterlar soni ko’p bo’lmagan tarmoqlarda umumiy shina, halqa, yulduz yoki aralash topologiyalardan biri qo’llaniladi. Qayd etilgan barcha topologiyalar bir jinsli xususiyatga ega bo’lib, ya’ni bir jinsli tarmoqlarda barcha kompyuterlar ma’lumot uzatish muhitiga ruxsat olishda bir xil sharoitda bo’ladilar (yulduzsimon topologiyada markaziy kompyuter bundan mustasno). Tarmoq tuzilishining bir jinsli bo’lishi kompyuterlar miqdorini oshirilishini soddalashtiradi, tarmoqqa xizmat ko’rsatishni yengillashtiradi.
Lekin katta tarmoqlarda bir jinsli tuzatilishning afzaliklari uning kamchiliklarga aylanishini kuzatish mumkin. Bunday tarmoqlarda bir jinsli tuzilishni qo’llash turli cheklanishlarga olib keladi. Ularning asosiylari quyiagilardir:
uzellar orasidagi aloqa masofasining cheklanganligi;
tarmoqdagi uzellar miqdorining cheklanganligi; • tarmoq uzellari trafigi jadalligining cheklanganligi.
Misol uchun ingichka kaoksil kabelli Ethernet texnologiyasi 185 m. dan, ularga ulangan kompyuterlar miqdori esa 30 tadan ortmasligi kerak. Lekin kompyuterlar o’zaro jadal ma’lumotlar almashadigan bo’lsa, kabelga ulangan kompyuterlar soni 20 tagacha, ba’zi hollarda esa 10 tagacha qoldiriladi. Bunga asosiy sabab har bir kompyuterga tarmoqning yetarlicha ulushdagi o’tkazuvchanligi to’g’ri kelishi kerak.
Bunday cheklanishlarni bartaraf etish uchun tarmoqni maxsus tuzilmalash usullaridan, repitorlar (takrorlagichlar), konsentratorlar, mostlar, kommutatorlar va marshrutizatorlardan foydalaniladi. Ushbu uskunalar kommunikasion vositalar deb atalib, ular yordamida tarmoqning alohida segmentlari orasida o’zaro munosabatlari amalga oshiriladi.
Kommunikasion vositalarining eng oddiysi “povtoritel” bo’lib, u lokal tarmoqning segmentlari kabelini birlashtirish uchun ishlatiladi. Lokal tarmoq segmentlari kabelini birlashtirishdan maqsad tarmoqning umumiy uzunligini uzaytirishdir. Demak “povtoritel” lar bir segmentdan kelgan signalni boshqa segmentga uzatishni amalga oshirib beradilar (1-a rasmga karalsin). “Povtoritel” larning vazifasi aloka liniyalariga qo’yilgan cheklanishlarni bartaraf etish, ya’ni ular signalning sifat kursatkichlarini (quvvatini, amplitudasini, frontini v.b.) yaxshilab berishdir.
Tarkibida bir nechta port bulib, bir nechta fizik segmentlarni birlashtiruvchi “povtoritel” ni konsentrator yoki xab deb atashadi.
Konsentratorlar amalda barcha bazaviy lokal texnologiyalarda (Ethernet, Token Ring, FDDI v.b.) kullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |