4. Havoning namligini aniqlash uchun eng ko’p tarqalgan asbob Avgust psixrometridir. Bu asbob bir xil ikkita A va B termometrdan iborat; bu termometrlardan birining rezervuari gigroskopik to’qima bilan o’ralgan, to’qimaning bir uchi esa suvli idish R ga tushirilgan. To’qima kapilliyar bo’lgani uchun suv to’qima bo’ylab ko’tariladi va termometr sharchasining sirtida bug’lanib, uni sovutadi. Nam termometrning ko’rsatishlari quruq termometrnikiga qaraganda pasayadi. Termometrning rezervuarida suvning bug’lanish tezligi qancha katta bo’lsa, bu pasayish ham shuncha kuchli bo’ladi. Bug’lanish tezligi asosan atrofdagi havo namligining to’yinishdan qanchalik uzoq ekanligiga bog’liq, ya’ni atrofdagi havoning nisbiy namligi qanchalik past bo’lsa, bug’lanish tezligi shunchalik yuqori bo’ladi. Bug’lanish tezligi asbob oldida havoning harakatlanish tezligiga, suvning temperaturasiga va barometrik bosimiga ham bog’liq.
Bu faktorning hammasi Ren’oning psixrometrik formulasida hisobga olinadi, bu formuladan foydalanib, asbob atrofdagi havoda bo’lgan bug’larning partsial bosimini, ya’ni havoning absolyut namligini aniqlash mumkin:
bu yerda Pn – nam termometrning temperaturasi t’ bo’lganda, to’yingan bug’ning elastikligi (ilovadagi 6-jadvaldan olinadi), k (ayrim manbalarda α deb berilgan) – havoning harakat tezligiga bog’liq bo’lgan psixrometrik koeffitsent (havosi nisbatan harakatsiz kichik xonalar uchun k=0,0013, havosi ozroq harakatlanib turadigan katta xonalar uchun k=0,001), t – quruq termometrning temperaturasi, H – barometrik bosim.
Psixrometr yordamida, odatda birdaniga nisbiy namlik topiladi, bunday namlik, maxsus hisoblab qo’yilgan psixrometrik jadvaldan foydalanib, quruq van am termometrlarning ko’rsatishlarini bir-biriga taqqoslash yo’li bilan topiladi. Psixrometrik jadval quyida keltirilgan.
Bu amaliy ishda namlik Assman psixrometri bilan topiladi. Assman asbobi 2 ta nikellangan naydan iborat bo‘lib, nayning ichiga joylashtirilgan termometrlarni tashqi nurlanish energiyasi ta’sirida isitishdan saqlaydi.
Termometrlardan biri quruq bo‘lib, u atrofdagi havo temperaturasini o‘lchaydi. Ikkinchisining sharchasi namlangan yupqa batist bilan o‘ralgan. Ho‘l batistli termometr joylashgan nayda havo oqimi hosil qilinsa, batistni bug‘lanish tezligi ortadi. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, batist shunchalik ko‘p bug‘lanadi. Ma’lum tezlikdagi havoni termometrga yuborilganda, atmosferadagi havo qanchalik quruq bo‘lsa, termometrdagi nam batist shuncha ko‘p bug‘lanadi. Bug‘lanish bilan birga batist soviydi. Bunda ho‘llangan termometrning ko‘rsatishi ham pasayadi. Suvni bug‘latish uchun ketgan energiya atrofdagi havodan termometr sharchasiga keluvchi issiqlik miqdoriga teng bo‘lib qolganda termometrni pasayishi to‘xtaydi. Bug‘lanish rejimi barqaror bo‘lganda ho‘l termometrning ko‘rsatishi qaror topadi, o‘sha vaqtda tashqaridan kelayotgan Q1 issiqlik miqdori termometr sirtidan suvning bug‘lanishiga ketadigan issiqlik miqdori Q2 ga teng bo‘ladi. Q1=Q2
Nyuton qonuniga asosan:
Q1=BCS(t1-t0), bunda
B – havoning xarakat tezligi funkiyasi.
C – suvning solishtirma issiqlik sig‘imi.
S – ho‘llangan termometr sharchasining sirt yuzasi.
t1 - quruq, t0 – esa ho‘l termometrlarning temperaturasi.
Sarflangan issiqlik miqdori Q2 havoni to‘yintiruvchi suv bug‘ining elastikligi – E ga, absolyut namlik – l ga, bug‘ning solishtirma issiqligi – ga, atmosfera bosimi H termometr sharchasining yuzasi – S larga bog‘liq, ya’ni:
Q1=Q2 bo`lgani uchun
BCS(t1-t0)= bundan
E-l=
Bunda psixrometr doimiysi deladi. Formulaning umumiy ko’rinishi quydagicha o’zgaradi :
l = E – α(t1-t0)H (2)
(2) formula psixrometrik formula yoki Renyu formulasi deyladi.
Natijalar olingandan so’ng (2) formuladan absolyut namlikni, formuladan nisbiy namlikni topamiz.
VAZIFALAR
I – QISM
1. Ho‘l termometr rezervuaridagi batistga suv tomizib ho‘llang.
2. Kalitni asta burab ventilyatorni ishga tushiring.
3. 2-3 minutdan keyin quruq va ho‘l termometr ko‘rsatishini yozing.
4. Tajribani 3 marta xonada, 3 marta yo‘lakda bajaring va olingan natijalarni jadvalga yozing.
5. 4.Barometrdan, atmosfera bosimi – H ni yozib oling, ; E larni amaliy ish uchun berilgan jadvaldan yozing.
|
№
|
Termometr ko‘rsatishi
|
H
mm.sim.ust
|
E
mm.sim.ust
|
α, K-1
|
Nisbiy namlik
|
Absolyut namlik
|
Nisbiy xatolik
|
l, mm.sim. ust
|
Δl, mm.sim. ust
|
f, %
|
Δf, %
|
Dl, %
|
Df, %
|
quruq
|
ho‘l
|
Xonada
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’rtacha qiymat
|
|
|
|
|
|
|
Yo’lakda
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’rtacha qiymat
|
|
|
|
|
|
|
II – QISM
Olingan natijalar asosida hisoblashlarni bajaring:
va
I. Xonada
II. Yo‘lakda
Nazorat savollari
1. Havoning namligi deb nimaga aytiladi? Organizm hayotida namlikning ahamiyati.
2. Absolyut namlik deb nimaga aytiladi?
3. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?
4. Shudring nuqtasi deb nimaga aytiladi?
5. Namlikni aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
6. Gigrograf nima? U qanaqa tuzilgan. Uning ishlash printsipini tushuntirib bering.
7.Assman psixrometri qanday tuzilgan?
8. Kondensatsion gigrometr qanday tuzilgan?
9. Ishchi formula (Renyu formulasi) ni keltirib chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |