Odatda sikl operatorlari biror - bir jarayonni qandaydir shart asosida takrorlash uchun ishlatiladi. Python da sikl operatorlarining ikki turi, while va for qaraladi. while takrorlash operatori while takrorlash operatori quyidagi umumiy ko‟rinishga ega:
while shart ifodasi: instruktsiyalar while kalit so‟zidan keyin shart ifodasi ko‟rsatiladi va ushbu shart ifodasi rost qiymat (True) bo‟lar ekan amallar ketma-ketligi takror va takror bajarilishda davom ettiriladi. while operatorining barcha insturtsiyalari undan keyingi qarorda yoziladi va u while kalit so‟zidan bitta xat boshi tashlab yoziladi. Masalan:
Yuqoridagi misolda 1 dan n gacha bo‟lgan sonlar yig‟indisi hisoblash dasturi
while operatori yordamida amalga oshirilgan. E`tibor berilsa while operatorining
insturktsiyalari undan keyingi qatorda bitta xat boshi tashlab yozilgan. Ushbu
holatda while operatori 2 ta instuktsiyalardan tashkil topgan (sum = sum + i va i
+= 1).
fortakrorlash operatori Yana bir takrorlash operatori – for operatori hisoblanadi. for takrorlash operatori qandaydir sonlar kollektsiyasidagi har bir son uchun chaqiriladi. Sonlar kollektsiyasi range() funksiyasi, list() funksiyasi yoki [,] qavslarda foydalanuvchi tomonidan shakllantirilgan ro‟yxatlar orqali hosil qilinadi. Quyida for takrorlash operatorining formal aniqlanishi keltirilgan: for int_var in funksiya_range: instruktsiyalar
for kalit so‟zidan keyin int_var o‟zgaruvchisi (o‟zgaruvchi nomi ixtiyoriy bo‟lishi mumkin) keladi va u faqat butun turdagi qiymatlar qabul qiladi, undan keyin in kalit so‟zi (in operatori) va range funksiyasi chaqirilgan va oxirida “:” belgisi bilan takrorlash operatori asosiy qismi tugaydi. for takrorlash operatorining tana qismi bir yoki bir nechta instruktsiyalardan tashkil topishi mumkin va ular asosiy qismga nisbatan bitta xat boshi tashlab yoziladi. Takrorlash operatori bajarilganda range() funksiyasi hosil qilgan sonlar kollektsiyasidan sonlar ketma-ket int_var o‟zgaruvchisiga uzatiladi. Sikl bo‟yicha barcha sonlar ketma-ket o‟tib bo‟lingandan keyin takrorlash operatori o‟z ishiti tugatadi. Quyida 1 dan n gacha bo‟lgan sonlar yig‟indisini hisoblash dasturi for operatori yordamida amalga oshirilgan:
Dastlab konsol ekranidan butun son kiritiladi. Siklda i o‟zgaruvchisi aniqlangan bo‟lib, u range() funksiyasidan qaytarilgan qiymatni o‟zida saqlaydi. Bu erda range() funksiyasi 2 ta parametr qabul qilgan. Birinchisi sonlar kollektsiyasini boshlang‟ich qiymati va ikkinchisi oxirgi qiymati ( oxirgi qiymat kollektsiyaga kirmaydi). Natijada range() funksiyasi [1,…,n-1] intervaldagi sonlarni ketma-ket qiymat sifatida qaytaradi va har bir qiymat uchun sikl operatorining tana qismi bajariladi.