Laboratoriya ishi № 3
MAVZU: Dvigatelning silindr-porshen guruhi va gaz
taqsimlash
mexanizmiga xizmat ko`rsatish ishlari texnologiyasi.
I. Ishdаn mаqsаd:
Dvigatel silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmini tartibli
ketma-ketlikga asoslanib, texnik talablarga rioya qilib to‘g‘ri qismlarga
ajratish va yig‘ish, hamda xizmat ko`rsatish ishlarini o‘rganish.
II. Ishning mаzmuni:
Lаbоrаtоriya ishi kаfedrаning lаbоrаtоriya bаzаsidа yoki ilg`оr АTK
lаrning biridа o`tkаzilаdi. Bundа tаlаbаlаr avtomobil mexanizmlarini
nаzоrаtdiagnostika
qilish, tizimning nоsоzliklаrini аniqlаsh vа ulаrni bаrtаrаf qilish
ishlаri bilаn tаnishаdilаr.
III. Jihоzlаr vа аsbоblаr:
1. Kalitlar to`plami, moslama va jihozlar;
2. Chilаngаrning аsbоblаr mаjmuаsining elektron variayti;
3. Dinamometrik kalit, shchup, porshrn xalqasini yechish moslamasi,
silindr blokidan gilzani sug`urib oluvchi yechgich va silindr blokiga gilzani
presslash moslamasi;
4. Internetdan olingan video lavhalar to`plami;
IV. Ishni bаjаrish tаrtibi:
1. Dvigatel silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmida
ishdan chiqish va nosozliklarni o`rganish;
2. Dvigatel silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash mexanizmiga
TXK ishlarini o`rganish;
V. Umumiy mа’lumоt:
Dvigatelni ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy va tezkor
yeyilishi hamda to`satdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yo`qotishi
natijasida silindr-porshen guruhi, KSHM va GTM yordamchi birikma va
agregatlarda turli nosozliklar paydo bo`ladi. Amaliyot shuni ko`rsatadiki,
yengil avtomobillarning ekspluatatsiyada bu nosozliklarning 20% ga yaqini
dvigatel va uning tizimlariga to`gri keladi.
Asosiy ishdan chiqish va nosozliklar quyidagilardan iborat:
KSHMda ichqo`ymalarning yeyilishi va yopishib qolishi, silindr,
porshen, porshen barmoqlarining yeyilishi, porshen xalqalarining yemirilishi,
porshen yubkasining deformatsiyalanishi, yubka va silindr yuzasining
o`yilishi; blok yoki silindrning darz ketishi va yorilishi; muvozanatlash vali
podshipnigining yeyilishi, qadalib qolishi va sochilib ketishi; porshen
barmog`ining chegaralovchi halqasi tushib qolishi.
KSHM nosozliklarining alomatlariga dvigatel silindrlaridagi
kompressiyaning yo`qolishi va uning shovqin bilan ishlashi, karterga ko`p
miqdorda gaz o`tib ketishi va moy quyish bo`g`zidan quyuq tutun chiqishi
misol bo`la oladi.
Gaz taqsimlash mexanizmining asosiy nosozliklariga itargich va uning
vtulkalarini, klapan tarelkalari va o`rindiqlarini, shesterniyalarini, gaz
taqsimlash vali tayanch bo`yinlarini va kulachoklarini yeyilishi, klapan va
koromisla orasidagi tirqishning buzilishi, klapan o`rindiqining yorilishi,
gidroitargichlarning siqilib qolishi, gaz taqsimlash vali yuritmasi zanjiri
(tasmasi) va yulduzchasi (shkivi)ning yeyilishi, gaz taqsimlash
shesterniyasining sinishi va klapanlarning kuyishi, darz ketishi, yorilishi va
o`yilishi misol bo`ladi.
Silindr kallagi bolt va gaykalarini tortish dinamometrik kalit yordamida
bajariladi, tortish moment esa ekspluatatsiya bo`yicha yo`riqnomada
ko`rsatiladi.
3.1-rasm. Boltlar rasmda ko`rsatilgan ketma-ketlikda bo`shatiladi.
3.2-rasm. Metall asbest qistirma yangisiga almashtirilsin. Boltlar rasmda
ko‘rsatilgan ketma-ketlikda 6,5 ÷ 7,0 kg.m burovchi moment bilan tortib
mahkamlansin.
Xulosa.
Biz bu labaratoriya ishida dvigatelning silindr-porshen guruhi va gaz taqsimlash
mexanizmidagi uchrashi mumkin bo`lgan nosozliklar bilan tanishib chiqqan holda
ularni bartaraf qilishni ko`rib chiqdik. Bunda, biz dvigatelning silindr-porshen
guruhi va gaz taqsimlash mexanizmiga texnik xizmat ko`rsatishni o`rgandik. Bu
jarayon yetarlicha murakkab bo`lib, bunda hattoki boltlarni qaysi ketma-ketlikda
bo`shatob-qotirish ham muhim ahamiyatga ega ekan.
Bu labaratoriya mashg`ulotida olgan bilimlarimiz kelajakdagi ish faoliyatimizda
juda qo`l kelishi turgan gap. Zero avtomobil dvigateli uning eng muhim qismi
bo`lib, undagi arzimasdek tuyulgan nosozlik ham jiddiy ko`ngilsizliklar keltirib
chiqarishi mumkin.
Internet ma`lumotlari.
Quyida dvigatelning qismlarga ajratilgan holati: