Aytkaliyev Dosjan Informatika 2-kurs
Laboratoriya ishi №3.
Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash
Topshiriq:
Qattiq diskni defragmentatsiya qilish haqida yozma ma’lumot tayyorlash.
Defragmentatsiya bu — qattiq disk(vinchester) qismlarini(razdel) mantiqiy
strukturasini yaxshilash(optimizatsiya) maqsadida bajariladigan protsess
hisoblanadi. Bu protsess orqali vinchesterdagi fayllar mantiqiy tartiblanadi. Bu
protsessni amalga oshirish natijasida, kompyuter ishlashini tezlashtirish va qattiq
diskda sodir bo‘ladigan xatolarni oldini olish mumkin.
Defragmentatsiyani ko‘pchilik tushunmaydi va shu sababli, bu ishni
bajarishmaydi. Buni tushuntirish uchun o‘sha mashxur misolni keltirish mumkin.
Misol uchun sizga, Windows’ga oid biror kitob kerak bo‘lib qoldi, siz kutubxonaga
borib, dastlab kompyuterga oid kitoblar joylashgan javonga borasiz, u yerdan
boshidan qidirib o‘tirmaysiz, darhol, bu javondan «W» harfiga oid kitoblarni
qidirishni boshlaysiz va tez topasiz. Endi o‘ylab ko‘rsak, agar kutubxonada kitoblar
tartib bilan qo‘yilmagan deylik, hammasi aralash joylashgan, siz o‘zingizga kerakli
kitobni topishingiz uchun, ancha vaqt kerak bo‘ladi, natija bor, topasiz agar kerak
bo‘lsa, lekin ancha vaqtingiz ketib qoladi.
Kompyuterda ham shunday, fayllar ma’lum bir bloklarga bo‘linib, shu
bloklar qattiq diskka yoziladi, o‘qish jarayonida bu bloklar birlashtirilib o‘qiladi,
agar bu bloklar har xil joyda joylashgan bo‘lsa, to‘liq faylni yig‘ish uchun, biroz
vaqt kerak bo‘ladi.
Nima sababdan defragmentatsiya qilish lozim?
1. Vinchesterning ishlash vaqtini oshirish uchun, fayllar qancha tartibli
joylashgan bo‘lsa, ularni qidirishga ko‘p harakat talab qilinmaydi, vinchesterga
yuklama kamroq tushadi.
2. Kompyuter ishlashini tezlashtiradi, kompyuter ishlashi asosan fayllarni
kiritish va o‘qishga asoslangan, tartibli fayllarni o‘qish, tartibsiz fayllarni o‘qishdan
ancha tez.
Aytkaliyev Dosjan Informatika 2-kurs
3. Vichesterda bo‘sh joylarni oshiradi.
4. Operatsion tizim ishlashi yengillashadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, defragmentatsiya qilish albatta kerak,
lekin qaysi paytda, qaysi oraliq bilan qilish kerak?
1. Agar kompyuter tranzaksion rejimda ishlasa, ya’ni doimiy ravishda fayllar
yozilib va o‘chirilib turilsa, iloji boricha tez-tez, kamida har hafta bir marotaba
defragmentatsiya qilish tavsiya qilinadi.
2. Agar vinchesterda joy kam bo‘lsa(qattiq diskning 80% to‘lgan), har oyda
defragmentatsiya qilish tavsiya qilinadi.
3. Agar qattiq diskda ancha bo‘sh joy bo‘lsa va fayllar yozilish va o‘chirilishi
ko‘p marotaba bajarilmasa, 6 oyda bir marotaba defragmentatsiya qilish kifoya
qiladi.
Disklarni defragmentatsiya qilishni Windows utilitasi orqali ham yoki biror
boshqa utilita orqali ham amalga oshirish mumkin.
Windows 7 operatsion tizimida disklarni defragmentatsiya qilish uchun,
quyidagilar amalga oshiriladi.
1. Defragmentatsiya utilitasi chaqiriladi:
Pusk -> Vse programmi -> Standartnie -> Slujebnie -> Defragmentatsiya
diska. Hosil bo‘lgan oynadan, defragmentatsiya qilish kerak bo‘lgan disk tanlanadi
va «Defragmentatsiya diska«tugmasi bosiladi.
Shundan so‘ng, bu utilita diskni tahlil qilib chiqadi(analiz) va
defragmentatsiyani boshlaydi. Defragmentatsiya bir necha bosqichdan iborat
bo‘ladi.
Defragmentatsiyani biror vaqt oralig‘ida ishga tushirish kerakligini berib
qo‘yish mumkin, uning uchun «Nastroit raspisaniye» tugmasi bosiladi va kerakli
vaqt o‘rnatiladi.
Aytkaliyev Dosjan Informatika 2-kurs
Bu utilitani «Komandnaya stroka» orqali ham ishga tushirish mumkin.
Uning uchun bu oynani ochamiz (pusk -> vipolnit -> cmd) va quyidagi buyruqni
teramiz.
defrag C:/U
bu buyruq C diskni defragmentatsiya qiladi va «U» kalit so‘zi orqali, qilinayotgan
ishlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Qolgan kalit so‘zlarni bilish uchun «defrag»
buyrug‘i teriladi va kerakli kalit so‘zni topib, ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.