2.Kumush yodit zolining olinishi.
Kerakli asbob va reaktivlar: 100ml li konussimon kolba, 20 ml li ikkita pipetka, 0,1 ulushlarga bo`lingan 25 ml li ikkita byuretka,0,05 n. kaliy yodid, kumush nitrat eritmalari.
Tajriba №1. Konussimon kolbadan uchta olib, ularning har biriga KJ ning 0,05 n. eritmasidan 20 ml qo`yiladi, so`ngra kolbalarni qattiq chayqatib turib, ularning birinchisiga byuretkaga quyilgan 0,05 n. kumush nitrat eritmasidann16 ml, ikkinchisiga-10 ml va uchinchisiga 20 ml ohistalik bilan qo`shiladi.
Tajriba №2. Oldingi tajriba qaytadan qilib ko`riladi, ammo bunda dastavval kolbalarning har qaysisiga 20 millilitrdan AgNO3 eritmasi qo`yiladi, so`ngra byuretkadan KJ ning 0,05 n. Eritmasiga muvofiq ravishda 16,18 va 20 ml dan qo`shiladi.
Qaysi kolbada musbat zaryadli va qaysi kolbada manfiy zaryadli zarrachalar hosil qilinganini elektroforez zondi yordamida tekshirib ko`rish mumkin.
3.Oksidlash metodidan foydalanib, oltingugurt gidrozoli hosil qilish.
Vodorod sulfid havo kislorodi yoki sul’fit angidrid yordamida oksidlansa, oltingugurt kolloid holida cho`kadi:
2N2S + SO2=3S↓ + 2H2O
Tajribada oltingugurt zoli hosil qilish uchun natriy tiosulfat eritmasiga sulfat kislota ta’sir ettirish metodidan foydalanish ancha qulay:
Na2S2O3 + H2SO4 = S + SO2 + Na2SO4 + H2O
Kerakli asbob va reaktivlar: 300ml li 3-ta stakan, plitka, tomizgich voronka, termometr, pipetkalar, shisha tayoqcha, suv hammomi, voronka, shisha paxta (filtr uchun), kristallik natriy tiosulfat Na2S2O3 * 5H2O, distillangan suv, sulfat kislota (solishtirma og`irligi 1,84), muz, natriy xloridning to`yingan eritmasi.
Tajriba: 50 g kristallik natriy tiosulfat Na2S2O3 * 5H2O 30 ml suvda eritiladi. 300 ml li stakanga 38 ml konsentrlangan sulfat kislota (solishtirma og`irligi 1,84) qo`yiladi va stakan maydalangan muzga botirib qo`yiladi. Kislota yaxshilab aralashtiriladi va natriy tiosulfat eritmasi sekin-asta qo`shiladi (bu ish mo`rili shkafda bajarilishi kerak). Reaktsiya natijasida och sariqquyuq massa hosil bo`ladi. Unga 100 ml suv qo`shiladi va qaynab turgan suv hammomida 30-60 minut aralashtirib isitiladi. Eritma sovutilgandan keyin hosil qilingan sutdek oppoq oltingugurt zoli shisha paxta orqali fil’trlanadi. Oltingugurt zolida ortiqcha elektrolitlar, asosan, sulfat kislota hamda natriy sulfat bo`ladi. Shuning uchun ularni yo`qotish uchun zol to`la koagullantiriladi (cho`ktiriladi):buning uchun eritmaga toza natriy xloridning to`yingan eritmasidan ozgina qo`shiladi. Eritma yaxshi tindirilgandan keyin cho`kma syuqlikdan ajratib olinadi, fil’tr qog`oz orasiga olib siqiladi va distillangan suvga solib peptizlanadi.Suvda erimagan qismini ajratish uchun zol boshqa stakanga quyib olinadi. Shu usulda hosil qilingan oltingugurt kolloid eritmasi juda yuqori dispers darajaga ega bo`ladi.
Nazorat savollari va vazifalari:
1. Kolloid so`zini kim va qachon birinchi bo`lib qo`llagan?
2. “Kolloid” so`zi nimani anglatadi?
3. Oltingugurt va kanifol zollarini olish kolloid eritma olishning qaysi turiga mansub?
4. Boshqa dispers sistemalar orasida kolloid sistemalar qanday o`rin tutadi?
5. Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qo`llaniladigan qanday metodlar ma’lum? Ularning mohiyati nimadan iborat?
6. Dispers sistemaning solishtirma sirti va kolloid zarracha o`lchami o`zaro qanday bog`liq?
7. Kolloid sistema hosil qilish uchun modda dispersligini oshirish kifoya qiladimi?
8. Peptizlash protsessining qanday alomatlari bor?
9. Peptizatorlar nima?
10. Stabilizatorlar nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |