Laboratoriya ishi №2



Download 195,36 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi195,36 Kb.
#242957
1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 2

II. Nazariy qism:

Paskal algoritmik tili Syurix texnologiya instituti professori Niklousom Virtom tomonidan 1969-1970 yillarda studentlarga dasturlash asoslarini o'rgatish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu ajoyib g'oyani Borland International firmasi rivojlantirib qulay interfeysga ega Turbo – Paskal muhitini yaratadi. Va Paskal dasturlash tili butun dunyo bo'ylab keng tarqaladi. Paskal dasturlash tili o'tgan asrimizning oxirlarigacha boshlovchilar hamda professional dasturchilar uchun asosiy vosita bo'lib kelgan. Hizirgi kunda ham o'z mavqeini yo'qotmagon holda o'qib-o'rganish maqsadida ko'plab yosh dasturchilar tomonidan o'rganilmoqda. Buning asosiy sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin: Paskal dasturlash tilida dastur kodlari tushilarliligi. 5.5 versiyasidan boshlab obyektga yo'naltirilgan dasturlash qo'llanildi. Paskalning mantiqiy davomi sifatida hozirgi kunda professional masalalarni hal etish mumkin bo'lgan Delphi dasturlash tilining yaratilishi Informatika bo'yicha turli mamlakat fan olimpiadalari hamda jahom olimpiadasi masalalari Paskal dasturlash tilida hal etilishi. Paskal dasturlash tilini o'zlashtirish boshqa dasturlash tilini o'zlashtirish uchun asos bo'la olishi kabilarni aytish mumkin. Dastur tuzish jarayoni qo'yilgan masalani algoritmini tuzishdan boshlanadi, qaysiki algoritm bu masalani hal qilish uchun bajarish kerak bo'ladigan amallar ketma-ketligidir. Blok – sxema algorimning grafik ko'rinishidir. Umuman Dasturchi masalani hal qilish uchun kerak bo'ladigan barcha formulalarni aniq tasavvur qila olishi kerak bo'ladi. Dastur tuzish dasturlash tili qonun-qoidalari asosida algorimning har bir elementini yozib chiqishdir. Demak bu ishni bajarsak dastur tuzgan hisoblanamiz. Agar quyida keltirilgan holatlar yuz bersa dastur noto'g'ri tuzilgan bo'ladi: - Sintaksis xatolar {dasturlash tili operatorlarini xato yozib qo'yish} - Algoritmik xatolar {agar algoritm xato bo'ladigan bo'lsa natija ham haqiqiy yechimdan uzoqda bo'liashi mumkin}

Pascal algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat:

26 ta lotin harflari;

0 dan 9 gacha arab raqamlari;

32 ta kiril harflari;

maxsus belgilar (+, -, *, /, =, >, <, {, }, [, ], ‘) ni o’z ichiga oladi.

Pascal tilida so’z deb bir nechata belgilar ketma- ketligi tushuniladi. Xizmatchi so’z deb Pascal tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma’noni anglatadi va uni ma’lumotlarga berib bo’lmaydi.

Masalan: PROGRAM, BEGIN, END, FOR, AND va hokazo.

O’zgaruvchilar-deb hisoblash jarayonida qiymatini o’zgartiradigan kattaliklarga aytiladi.

O’zgarmaslar (const)-deb hisoblash jarayonida qiymatini o’zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi.

Izohlar– programmaning ma’lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday amal bajarilmaydi, ya’ni programmaning biror qismini yaxshiroq tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh { } simvollari orasida beriladi. { Bu yerga izoh yoziladi. }

Operator– tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma’lumotlar taxlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlar nuqtali vergul «;» bilan ajratiladi. Turbo Pascalda operatorlar programmada keltirilgan ketma- ketlikda bajariladi.

Programma sarlavhasi– Program xizmatchi so’zi bilan boshlanib undan so’ng programma nomi (identifikator) keltiriladi. Programma sarlavhasi programmaning boshqa satrlari kabi nuqtali vergul bilan tugatiladi.

Identifikator– programmist tomonidan programma elementlari (protsedura, funksiya, o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar …) uchun ixtiyoriy tanlangan nom. Identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

Identifikator lotin harflaridan yoki «_» belgisidan boshlanishi kerak;

Ikkinchi simvoldan boshlab belgi, raqamlardan foydalanish mumkin;

TP da katta kichik harflar farqlanilmaydi; (KATTA=katta, KaTtA=kAtTa)

Probel TP da so’zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo’lmaydi;

Xizmatchi so’zlardan (PROGRAM, BEGIN, END, FOR, AND kabi) identifikator sifatida foydalanib bo’lmaydi;

Identifikator uzunligi 63 ta simvoldan oshmasligi kerak;

Programma tanasi– begin xizmatchi so’zi bilan boshlanib end xizmatchi so’zi bilan yakunlanadi. Programma tugaganligini bildirish uchun nuqta qo’yiladi.

Pascal dasturining umumiy strukturasi quyidagicha:

Program          ;

Uses          ;

Label          ;

Const          ;

Type          ;

Var          ;

Begin


;

End.


O’zgaruvchilarni e’lon qilish bo’limida-programmada ishlatilgan barcha o’zgaruvchilar nomlariga mos ravishda qaysi toifaga tegishli ekanligini e’lon qilish kerak. Ma’lumotlarni e’lon qilish VAR xizmatchi so’zi bilan boshlanadi.

Var


:

:

Haqiqiy sonlar Real xizmatchi so’zi bilan e’lon qilinadi. Butun sonlar Integer xizmatchi so’zi bilan e’lon qilinadi.

Misol:

Var A:Integer;



B:Real;

O’zlashtirish operatori- O’zgaruvchilarga biror qiymatni berish uchun o’zlashtirish («:=«) operatoridan foydalaniladi. Misol: a:=2016;

Bu operator bajarilishi natijasida «A» o’zgaruvchisi «2016» qiymatni qabul qiladi.

Kiritish operatori-Programma bajarilishi mobaynida ma’lumot kiritish uchun ReadLn operatoridan foydalaniladi.

ReadLn(a);

Bu operator bajarilganda ekranda kursor paydo bo’ladi. Kerkali ma’lumot klaviatura orqali kiritilgandan keyin Enter tugmasi bosiladi.

Chiqarish operatori– Write, WriteLn bu operatorlar orqali ekranga ixtiyoriy ma’lumotni chiqarish mumkin. Satr xabarlarini ekranga chiqarish uchun apostrof vazifasini bajaruvchi maxsus qo’sh tirnoq ichiga olish kerak. Misol: Writeln(‘ Satrlarapostrof ichiga yoziladi ‘);

O’zgaruvchilarni ekranga chiqarish uchun ularning nomlari keltiriladi.

Writeln(A);

O’zgaruvchilarni va satrlarni bir vaqtda ekranga chiqarish ham mumkin.

WriteLn(‘A o’zgaruvchining qiymatini’, A);

Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki Write operatoridan ma’lumot kursor turgan joyga chiqariladi. Writeln operatorida ma’lumotlarni keyingi satrga chiqariladi.

Arifmetik amallar:

+ qo’shish

–  ayirish

* ko’paytirish

/ bo’lish

Bazi standart funksiyalar:

Funksiyaning Pascal da ifodasi     Funksiyaning matematik ifodasi

ABS(X)                                                 /x/

SQR(X)                                                x²

SQRT(X)                                             √x





Download 195,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish