Yarimo’tkazgichli diodni ishlashini tadqiqot etish
Ishni bajarish tartibi: Ushbu tajriba ishi Proteus dasturida amalga oshiramiz.
Yarim o’tkazgichli diodni to’gri yo’nalishda ulangandagi VAXni tekshirish. Diodning VAXsini 1N4004 diodi misolida ko’rib chiqamiz (uning lavina buzilishi 399,9 V ga teng).
1.7-rasm. Yarimo’tkazgichli diodning to’gri yo’nalishda ulangandagi VAXsini tekshirish sxemasi
Elementlar kutubxonasidan 1N4004 modeldagi yarimo’tkazgichli diod, elektr qarshiligi 1 kOm bo’lgan o’zgaruvchan va 100 Omga teng bo’lgan o’zgarmas qarshilik, kuchlanishi 12 V bo’lgan o’zgarmas tok manbai, elektr o’lchash asboblari milliampermetr hamda millivoltmetrni olamiz. Sxema ishlashi uchun ushbu tugmani bosish kerak. O’zgaruvchan qarshilikni 0 va 100 oralig’ida o’zgartirib, diod toki ning dioddagi kuchlanish ga bog’liqlik grafigini tuzing va uni 1-jadvalga kiriting.
1-jadval
Diod to’gri ulangan –
R
5
15
25
35
45
55
65
75
80
85
90
95
100
Yarim o’tkazgichli diodni teskari yo’nalishda ulangandagi VAXni tekshirish. Diodning VAXsini 1N4004 diodi misolida ko’rib chiqamiz (uning lavina buzilishi 399,9 V ga teng).
Diod toki ning dioddagi kuchlanish ga bog’liqlik grafigini tuzing va uni 2-jadvalga kiriting.
2-jadval
Diod teskari ulangan –
R
5
15
25
35
45
55
65
75
80
85
90
95
100
Olingan ma’lumotlar asosida (1-2-jadvallar) 1N4004 diodning VAXsini chizing.
Hisobot mazmuni Laboratoriya ishining bayoni.
O’lchash natijalari jadvallari.
Diodning VAX grafiklari.
Nazorat savollari: Yarimo’tkazgichli diod qanday tuzilgan?
p-n o‘tish joyi nima va uning qanday xususiyatlari bor?
Yarim o‘tkazgichli diodlar o‘z vazifalari bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?
Diodning volt-amper tavsifi deb nimaga aytiladi va u tajribada qanday olinadi?
Yarim o‘tkazgichlarda xususiy teshik va elektron o‘tkazuvchanligi tushunchalari nimani bildiradi?
Yarim o‘tkazgichli diodlar qanday asosiy ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadilar?
Quyidagi tushunchalar nimani bildiradi: diodning o‘zgarmas tok bo‘yicha qarshiligi, o‘zgaruvchan tok bo‘yicha qarshiligi? Differensial qarshilik deb nimaga aytiladi?
Stabilitronlarda elektr teshilishning qaysi turi ishlatiladi?
Elektr zanjirda stabilitron qanday qilib chiqish kuchlanishini stabillashtiradi?
Tiristorning ishlash prinsipini ikkita n-p-n va p-n-p (yoki aksincha) tranzistorlar ulanish modelida tushuntiring?
Tiristorning asosiy parametrlari nomini va ulaming qiymatlarini keltiring?
Tiristor asosidagi tok kalitining ishlash prinsipini tushuntiring?
Laboratoriya ishi №3
Tiristorni ishlash prinsipini tadqiqot qilish.
Ishdan maqsad: Tiristorning VAXni tekshirish. Ularning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish.
Nazariy qism:
Tiristorlar to’g’risida tushuncha
Tiristor dinistorga o'xshash tuzilmaga ega bo‘lib, baza sohalaridan biri boshqaruvchi bo‘ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos tranzistoming uzatish koeffitsiyenti ortadi va tiristor ulanadi.
Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga mos ravishda tiristorlar katod bilan va anod bilan boshqaruvchilarga ajratiladi. BE laming joylashishi va tiristorlaming shartli belgilanishi 1.5-rasmda keltirilgan.
1.5-rasm. Katod (a) va anod (b) orqali boshqariluvchi tiristor tuzilmasi va shartli belgilanishi.
BE ga signal berilganda yopiluvchi tiristorlar ham mavjud. Bunday tiristorlaming BE toki tiristor uzilayotganda asosiy kommutatsiyalanayotgan tokka qiymat jihatdan yaqinlashgani uchun chegaralangan hollarda qo‘llaniladi.
Tiristorning ulanish sxemasi va VAXsi 1.6-rasmda keltirilgan. Tiristorning dinistordan farqi shundaki, ulanish kuchlanishi BE zanjiridagi tokni o'zgartirib rostlanadi. Shunday qilib, tiristor ulanish kuchlanishi boshqariladigan dinistorga ekvivalent.
1.6-rasm. Tiristorning ulanish sxemasi (a) va VAXi (b).
Tiristor ulangandan so‘ng BE boshqarish xususiyatini yo'qotadi, natijada u yordamida tiristorni o'chirib bo‘lmaydi. Tiristorning o‘chirish sxemalari dinistornikidek.
Dinistor va tiristorlarning asosiy statik parametrlari quyidagilardan iborat:
ruxsat etilgan teskari kuchlanish ;
berilgan to‘g‘ri tokda ochiq holatdagi asbobdagi kuchlanish pasayishi ;
ruxsat etilgan to'g'ri tok ;
Dinistor va tiristorlar asosan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarni qayta ulovchi sxemalarda elektron kalit sifatida qo‘llaniladi.