2. Marganes (II) tuzlarining xossalari 1-tajriba. Marganes (II) tuzi eritmaga ammoniy sulfid eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmaga nima tushadi? Uni ranggi qanday? Cho‘kmani havoda saqlansa qanday o‘zgarish bo‘ladi? O‘zgarishni tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
2-tajriba. Probirkaga ozgina qo‘rg‘oshin (IV) oksidi yoki surik Pb3O4 va 2-3 ml konsentrlangan nitrat kislota HNO3 va 1-2 tomchi marganes sulfatidan qo‘shing. Aralashmani qaynaguncha qizdiring. Biroz tindirilgandan so‘ng eritmani ranggiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyalar analitik kimyoda marganes birikmalarini sifatini aniqlashda foydalaniladi. Marganes (II) tuzlari 1- va 2- tajribalarda qanday xossalarni namoyon qiladi?