LABORATORIYA IShI № 1
PROTEUS dasturini o‘rganish
1. Ishdan maqsad
Proteus 7.0 Professional dasturi yordamida diskret qurilmalar va turli
elektron sxemalarni tadqiqot qilish va modellashtirish imkoniyatlarini
o‘rganish.
2. Nazariy ma’lumotlar
"Temir yo’l avtomatika va telemexanika diskret qurilmalarning
nazariyasi" fanidan laboratoriya ishlari Proteus 7.0 Professional dasturida
matematik modellashtirish yo’li bilan personal kompyuterlarda bajariladi.
Quyida elektrik va elektron sxemalarni modellashtirish uchun zarur bo’lgan
sistema haqidagi asosiy ma'lumotlar keltirilgan.