Laboratoriya ishi №1.
Mavzu: Office 2016 dasturlarini Microsoftdan ro’yxatdan o’tkazish.
Word, Excel, Power Point, Access dasturlarining 2016 va undan keyingi versiyalari bilan ishlash.
Ishdan maqsad: Office 2016 dasturlarini Microsoftdan ro’yxatdan o’tkazish haqidagi bilimlarni o’rganish va ular ustida ishlash.
Office 2016 dasturlarini Microsoftdan ro’yxatdan o’tkazish haqidagi bilimlarni o’rganish va ular ustida ishlash.
Nazariy ma’lumot:
Windows tizimida matn hujjatlarini tayyorlash va saqlash uchun unga biriktirilgan “bloknot”, “wordpad” (“vordped”) deb nomlanuvchi dasturlar mavjud bo‘lib, “bloknot” faqatgina oddiy matnlar, “wordpad” esa birmuncha murakkabroq hujjatlar yaratishda ishlatiladi. Bu ikki ilova kompyuterga tezkor tizim qo‘yilayotganda avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Ammo bugungi kunda kompyuterda bajariladigan hujjat ishlari uchun maxsus yaratilgan, har tomonlama mukammal “Word” dasturidan keng foydalaniladi. Hozirda dasturning 2000, 2003, 2007, 2010 hamda 2013 yilgi versiyalari amalda qo‘llanilmoqda. Uning dastlabki versiyalarining menyusi oddiy ko‘rinishda ishlangan. 2007 yildan boshlanuvchi versiyalar esa nisbatan murakkablashgan lenta ko‘rinishidagi menyuga ega. Dasturni o‘rganishda avval oddiy ko‘rinishdagi menyuga ega bo‘lgan versiyasida tajriba orttirib, so‘ng murakkab versiyalariga o‘tib ishlash maqsadga muvofiqdir. Shu tufayli ushbu bo‘limning dastlabki darslari dasturning 2003 yilgi versiyasi asosida olib boriladi.
Microsoft Word dasturi Microsoft kompaniyasining Windows operatsion tizimiga mo‘ljallangan qo‘shimcha ko‘p tilli ofis hujjatlari ilovasi bo‘lib, qisqacha nomi “MS Word” deb yuritiladi. MS Wordning o‘rnatuv paketi 235 Megabaytni tashkil etadi. Agar bu dastur operatsion tizimning o‘rnatuv paketiga joylashtirilsa, bu paketning hajmi birmuncha kattalashgan bo‘lardi. MS Word dasturida jahonning deyarli barcha tillaridagi har turdagi hujjatlarning elektron variantini yozib chop etishga tayyorlash, o‘zgartirish, saqlash va elektron pochta orqali boshqa birovga jo‘natish imkoniyati mavjud. Bu dasturda hisob-kitob ishlari, turli kattalikdagi rasmli kitoblar, albomlar, plakatlar, jadvallar, gazeta-jurnallar, xullas, barcha zamonaviy hujjatlarni tayyorlash mumkin.
DASTURNI TIZIMGA O‘RNATISh.
MS Word dasturi 32, 64 razryadli tizimlarga o‘rnatiladi. Agar dasturning rus tilidagi versiyasi paketi litsenziyali diskda bo‘lsa, dastlab uni kompyuterdagi disk qurilmasiga qo‘yib, so‘ng diskdagi “setup.exe” (“setap ekze”) nomli punkt faollashtiriladi. “Shartlarga rozilik” belgilanib, ko‘rsatilgan tahrir oynasiga foydalanuvchi haqidagi ma'lumot, ya'ni uning ism-sharifi yoziladi. Keyingi oynaga o‘tib, disk qutisidagi qog‘ozda berilgan raqam yoki “klyuch aktivatsii produkta”ni qo‘lda yozib kiritiladi. Shundan keyingina navbatdagi bosqichga o‘tish imkoni paydo bo‘ladi. Bu yerda Microsoft Office access (maykrosoft ofis ekses), Microsoft Office Excel (maykrosoft ofis ekzel), Microsoft Office Info Path (maykrosoft ofis info pech), Microsoft Office Outlook (maykrosoft ofis autluk), Microsoft Office Power Point (maykrosoft ofis pover paint), Microsoft Office Publisher (maykrosoft ofis publisher), Microsoft Office Word (maykrosoft ofis vord) kabi ilovalarning barchasi belgilangan holatda turadi. Foydalanuvchi o‘ziga kerak bo‘lmagan ilovani tanlab, uning belgisini “probel” klavishi yordamida olib tashlashi mumkin. Agar hyech qanday o‘zgarishsiz qoldirilsa, keyingi qadamda “ustanovit” tugmasi bosilishi bilan paketdagi barcha ilovalar to‘la o‘rnatiladi hamda bu jarayon bir necha daqiqa davom etadi. O‘rnatish nihoyasiga yetgach, so‘nggi muloqot oynasi ochiladi. Unda faol holatda turgan kompyuterni qayta yuklash radiotugmasi va “gotovo” belgisi ko‘rinadi. Enter bosilgan zahoti kompyuter avtomatik tarzda qayta yuklanadi.
MS Wordning yorliqlari ish stolida namoyon bo‘lmaydi. Faqat tizimning bosh menyusida “otkrыt dokument Office” va “sozdat dokument Office” deb nomlangan ikkita yorliq paydo bo‘ladi, xolos. Yorliqlarni ish stoliga qo‘yish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim: Tizim bosh menyusidagi “programmы pod menyu” o‘ng strelka yoki yenter klavishlari vositasida faollashtiriladi. Ro‘yxatdan “Microsoft Office” pod menyusiga o‘tib, u yuqorida aytilgan ikki klavishning biri yordamida ochiladi. Oynada “sredstvo Microsoft Office” nomli yagona pod menyu hamda paketdagi 7 ta ilovaning yorliqlari ko‘rinadi. Vertikal strelkalar bilan kerakli yorliq, masalan, “Microsoft Office Word 2003” tanlanadi. So‘ng “kontekst” orqali “otpravit” pod menyusi ochiladi. Vertikal strelkalar ko‘magida “sozdat yarlыk na rabochiy stol” punktini topib,“yenter” klavishini bosgan holdaoynayopiladi. Shundan keyingina bu yorliq ish stolida paydo bo‘ladi. Yorliqni ish stoliga qo‘ymasdan turib ham tezgina faollashtirish uchun uni tezkor klavishlarga biriktirish mumkin. Bu o‘rinda avval tizim menyusidan o‘sha yorliq tanlanib, Alt+Enter klavishlar kombinatsiyasi yordamida yorliqning “svoystvo” muloqot oynasi ochilishi lozim. Kursor aynan bizga kerakli yorliq bo‘limining 1-elementida turadi. Tab klavishini bir marta bosib, “bыstrыy vыzov” nomli tahrir oynachasiga o‘tgan holda kerakli klavishlar kombinatsiyasi, masalan, CTRL+Alt+W qo‘llanadi. Bu yerda kursor “OK” belgisi ustida turadi. Enter klavishini bosib, bu o‘zgarish saqlab qo‘yiladi va Alt+F4 kombinatsiyasidan foydalangan holda oyna yopiladi. Shundan keyingina ushbu yorliqni mazkur kombinatsiya bilan tezkor ravishda ochish mumkin bo‘ladi. MS Word paketidagi boshqa ilovalarning yorliqlarini ish stoliga yo‘llash yoki ularga tezkor klavishlar kombinatsiyalarini biriktirish uchun ham yuqorida ko‘rsatilgan amallar bajariladi. Yana shuni yodda tutingki, Windows operatsion tizimida har qanday tezkor klavishlar kombinatsiyasi CTRL, Shift, Alt klavishlari ishtirokidagina biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |