1-rasm
Anod zanjiri anod va katod oraligi, ulovchi simlar va anod kuchlanish manbai Ba dan tuziladi. Agar ikkala zanjir ulansa katod uzidan elektronlarni chiqara boshlaydi, bu elektronlar (+) musbat zaryadlangan anodga tortilib , anod zanjirida tok hosil qiladi. Anod zanjiridan o’tadigan tok Ia anod toki deyiladi. Agar anod batareyasining ulanish qutblari o’rni almashtirilsa yani anodga (-) kuchlanish berilsa katoddan uchib chiqqan elektronlar yana katodga qaytib tushadi, natijada Ia toki nolga teng bo’lib qoladi.Olingan natijalarga asoslanib diod elektronlarni faqat bir tomonlama o’tkazish qobiliyatiga ega degan hulosa chiqarish mumkin.
Shartli ravishda tokning yo’nalishi elektronlarning harakat yo’nalishiga teskari bo’ladi deb olinadi. O’zgaruvchan rezistor yordamida anodga beriladigan nisbatni kuchlanishni noldan boshlab asta-sekin ta’minlash manbaining to’la kuchlanishiga oshirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |