Saralash algoritmlari – informatikada juda yaxshi o’rganilgan sohalardan biri va u juda keng qamrovli qo’llanilish sohasiga ega. Ularni katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash amallari bajariladigan har qanday joyda uchratish mimkin. Ba’zi ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari agar ma’lumotlar saralangan bo’lsa oson yechiladi. Bunday masalalar ushbu laboratoriya ishida ko’rib chiqiladi.
Ichki saralash –ma’lumotlar operativ xotirada joylashgan bo’lib, bunda dasturning harakatlari sonini (solishtirish, solishtirishlar soni, elementlar almashinuvi va b.qa metodlarga asoslangan) optimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi;
Tashqi saralash – ma’lumotlar murojaatlarni sekinlashtiruvchi tashqi hotirada (magnit lenta, baraban, disk va b.qa) joylashgan bo’lib, bunda aynan shu qurilmaga murojaatlar sonini kamaytirish lozim.
Bu labaratoriya ishida ko’plab dasturchilar uchun amaliyotda muhim bo’lgan massiv elementlarini ichki saralash algoritmlarini ko’rib chiqamiz.
Ta’kidlash joizki, surish orqali saralash algoritmini tashqi ma’lumotlarni saralashda qo’llash ham qulay.