LABORATORIYA ISHI № 1 GORIZONTGA BURCHAK OSTIDA OTILGAN JISM HARAKATINI O’RGANISH Ishning maqsadi:1)Uchish uzoqligini otish burchagining funksiyasi sifatida aniqlash; 2)Ko'tarilish balandligini otish burchagining funksiyasi sifatida aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: Katta proeksion qurilma, qisqich, vertikal shkala-1 m, po'lat o'lchov lentasi-2 m, egarsimon asos, laboratoriya tagligi II, lotok-552 x 197 x 48 mm, Kvarts qum -1 kg.
NAZARIY MA’LUMOT Jism gorizontga nisbatan α burchak ostida υ0 boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsin. Bu jismning harakatini o’rganishda ham havoning qarshiligini hisobga olmaymiz (-rasm). Jism harakatini o’rganish uchun koordinatalar sistemasini tanlab olib, ularga nisbatan boshlang’ich tezlik proeksiyalarini tushiramiz. Harakatlarning mustaqillik prinsipiga asosan jism yuqoriga ko’tarilishda bir vaqtda X o’qi bo’yicha gorizontal yo’nalishda tekis va Y o’qi bo’yicha tezlanishi –g bo’lgan tekis sekinlanuvchan harakat qiladi.
Demak, gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati ikkiga bo’lib o’rganiladi: Vertikal harakat (tik yuqoriga otilgan jism harakati);
Gorizontal tekis harakat;
Uchish vaqti va ko’tarilish balandligini hisoblashda vertikal harakatdan foydalanamiz, uchish uzoqligini hisoblash uchun esa gorizontal harakatdan foydalanamiz.
Biror jism gorizont bilan α burchak tashkil qilib, son qiymati υ0 ga teng bo’lgan boshlang’ich tezlik bilan otilganda jism parabola bo’ylab harakatlanadi.
Harakat davomida tezlikning gorizontal tashkil etuvchisi o’zgarmas. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida tezlikning vertikal tashkil etuvchisi nolga teng bo’ladi.Jismning ko’tarilish balandligi faqat tezlikning vertikal tashkil etuvchisiga bog’liq. Jismning uchish uzoqligi tezlikning gorizontal tashkil etuvchisiga bog’liq.
(1) boshlang’ich tezlikning vertikal tashkil etuvchisi
(2) boshlang’ich tezlikning gorizontal tashkil etuvchisi
tezlikning x o’qidagi proyeksiyasi yoki tezlikning istalgan vaqtdagi gorizontal tashkil etuvchisi (minimal tezlik)
(3) ko’tarilish yoki tushish vaqti
uchish vaqti
(4) trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi egrilik radiusi
R – egrilik radiusi
υx – trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi tezlik [υx]= (5) maksimal ko’tarilish balandligi
burchak ostida otilgan jismning istalgan vaqtdagi balandligi
(6) burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi
45º burchak ostida otilganda uchish uzoqligi
Jism 45º burchak ostida otilganda eng uzoq masofaga borib tushadi.
Yuqoridagi formulalarda havoning qarshiligi hisobga olinmaydi.
Jismlar α, 90-α, 45-α yoki 45+α burchaklar ostida otilganda uchish uzoqligi bir xil bo’ladi (1-rasm).