III. Surma ionining xususiy reaksiyalari.
Surma birikmalarida 3 va 5 valentli bo‘ladi.
Surma xloridlarining suvli eritmalariga ozrok xlorid kislota ko‘shilganda [SbCl6]3- va [SbCl6]- kompleks ionlari xosil bo‘ladi:
SbCl3 + 3HCl → H3[SbCl6]
SbCl5 + HCl → H[SbCl6]
Surma (III) ionining reaksiyalari.
1. Gidrolizlanish reaksiyasi
Surma (III) tuzlari suvda gidrolizlanib, surma xloroksidning ok cho‘kmasini xosil kiladi:
SbCl3 + HOH → SbOCl + 2HCl
Sb3+ + Cl- + HOH → SbOCl + 2H+
SbO+ gruppasi bir zaryadli kation rolini o‘ynaydi.
Surma xloroksid cho‘kmasi kislotalarda eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi: Surma (III) tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga 5 – 6 tomchi distillangan suv tomiziladi va gidrolizlanish darajasini oshirish uchun suv xammomida kizdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |