Laboratoriya ishi № 3
IKKINCHI GRUPPA KATIONLARINING
SIFAT REAKSIYALARI.
I. Kumush kationining xususiy reaksiyalari.
1.Ishkorlar ta’sir kilish:
AgNO3 + NaOH = Ag2O↓ + 2NaNO3 + H2O
Ag2O – kislota va ishkorlarda erimaydi.
NH4OH- da eriydi Ag2O + 4NH4OH = 2[Ag(NH3)2]OH +3H2O
O‘yuvchi ishkorlar va ammoniy gidroksid kumush ionlari bilan kumush oksidining ko‘ngir cho‘kmasini xosil kiladi.
Reaksiyaning bajarilishi: Kumush nitratning 2 – 3 tomchi eritmasiga shuncha ishkor eritmasi ko‘shiladi.
2. Kaliy xromat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.
K2CrO4 kumush ionlari bilan kumush xromatning kizil gisht rangli cho‘kmasini xosil kiladi:
2AgNO3 + K2CrO4 = Ag2CrO4↓ + 2KNO3
2Ag+ + CrO42- = Ag2CrO4↓
CHo‘kma nitrat kislotada va ammoniy gidroksidda eriydi, lekin sirka kislotada erimaydi.
Reaksiyaning bajarilishi: kumush nitratning 1-2 tomchi eritmasiga shuncha kaliy xromat eritmasi ko‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |