Laboratoriya ishi №:4 Borland C++ Builder 6 yoki Embarkadero Rad Studio XE2 ni o`rnatish
Ishning maqsadi: Borland C++ Builder 6 yoki Embarkadero Rad Studio XE2 dasturini o`rnatishni o`rganish.
Kerakli jixoz va vositalar: kompyuter, proyektor
Nazariy ma’lumot
C++ Builder – Borland firmasining yangi maxsuloti bo`lib, C++ tilidagi ilovalarni tez ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan (RAD- Rapid Application Development). C++Builder yordamida Windows dasturlarini S++ tilida tez va oson tuzish mumkin. Win32 konsol ilovalarini va foydalanuvchi uchun grafik interfeysni yaratish mumkin (GUI- graphical user interface). Win32 GUI ilovalarini C++Builder yordamida yaratayotganimizda, biz RAD muxitidagi C++ tilining xamma kuchini ishlata olamiz. Bu degani, biz foydalanuvchi interfeysini drag-and-drop texnikasi yordamida yarata olamiz. Biz formalarga OSX boshqaruv elementlarini joylashtirib, qisqa vaqt ichida WEB brauzerlarga o`xshagan maxsus ilovalarni yaratishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |