Laboratoriya ishi -1
Mavzu: Laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar va mashg‘ulotlarini o‘tkazishda texnika xavfsizligi qoidalari.
Laboratoriyada ishlash qoidalari
Noorganik kimyodan laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin talaba ayni laboratoriyada ishlash uchun ishlab chiqilgan havfsizlik texnikasi bilan tanishib chiqishi va mahsus jurnalga qo‘l qo‘yishi lozim.
Talabaga yil mobaynida ishlash uchun praktikumdan joy ajratiladi. Laboratoriya ishlarini tushunib bajarilgandagina undan foyda kutish mumkin. Shuning uchun har bir laboratoriya ishining mazmuni, adabiyot va ma’ruzalar bilan tanishib chiqqan talabagagina laboratoriya ishlarini bajarishga ro‘hsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |