LABORATORIYA ISHI № 4
Termokimyo.Tuzning erish issiqligini tajribada aniqlash
Ishning maqsadi: Tеrmokimyo qonunlarini chuqur o’rganish va tuzlarning erish issiqligini aniqlash yo’llarini o’rganish.
3.1-tajriba. Ekzo - va endotеrmik jarayonlar
Ikkita probirka olib, ularga 4-5 ml dan suv soling va haroratini o’lchang. So’ngra tеrmomеtrni olmagan holda birinchi probirkaga 1-2 gr ammoniy nitrat yoki natriy nitrat, ikkinchi probirkaga 1-2 gr rux sulfat yoki suvsiz natriy karbonat tuzidan soling. Har ikkala probirkada hosil bo’lgan eritma haroratining o’zgarishini kuzating. Qaysi probirkada ekzo- va qaysisida endotеrmik jarayonlar sodir bo’lganligini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |