Qurilish kimyosi fani fundamental tabiiy fanlardan biridir. Uni bilish hozirgi vaqtda turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislarni ijodiy samarali ishlari uchun zarurdir. Oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotgan bo’lajak muhandis-quruvchilar, xususan 60730300-Qurilish (bino va inshootlarni loyihalash, qurish), 60730200-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish, 60730400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, 60730700-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, ta`lim yo’nalishlari talabalarini kimyoviy bilim darajasini oshirish juda dolzarb masalalardan biridir, chunki u yangi materiallarni texnikada qo’llash, ularni bardoshliligini oshirish, energiyani tejash imkonini yaratadi. Kimyo qonunlarini bilishi ekologik muammolarni hal qilishda, talabalar dunyo qarashini shakllanishida o’z hissasini qo’shadi.