Tajriba 4. Oksidlanish-qaytarilish jarayoniga muhitning ta’siri.
Uchta probirkaga 2-3 ml dan 0,1 n KMnO4 eritmasidan quying. Probirkalardan biriga 2-3 ml 2 n H2SO4, ikkinchisiga 2-3 ml distillangan suv, uchinchisiga esa 2-3 ml ishqorning kontsentrlangan eritmasidan qo’shing va probirkalarni chayqatib aralashtiring. Undan keyin har bir probirkaga yangi tayyorlangan 0.1 n Na2SO3 eritmasidan qo’shing. Kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda probirkalardagi eritmalar rangining o’zgarishini kuzating va har qaysi muhitdagi eritma uchun reaksiya sxemalarini oxirigacha tugallang.
pH < 7: KMnO4+ Na2SO3+ H2SO4→ MnSO4 + Na2SO4 +…
pH = 7: KMnO4+ Na2SO3+ H2O→ MnO2 + Na2SO4 + KOH
pH > 7 : KMnO4+ Na2SO3+ KOH→ K2MnO4 + Na2SO4 +…
qaysi muhitda KMnO4ning oksidlash xossasi kuchliroq namoyon bo’ladi?
Tajribalardan olingan natijalarni hisobot blankasiga yozing.
Tajriba 5.
Do'stlaringiz bilan baham: |