Matematik mayatnik nima? Uning harakatini tavsiflab bering.
Og’irlik markazi jism osilgan nuqtadan pastda joylashgan va tebranma harakat qiluvchi jism (yoki sistema) mayatnik deb ataladi. Uzun, vaznsiz, cho’zilmaydigan ipga osilgan moddiy nuqta matematik mayatnik deyiladi. Uzun ipga osilgan massiv sharchadan iborat sistemani ko’rib chiqaylik. Agar sharchaning o’lchamlari ipning uzunligiga nisbatan ancha kichik bo’lsa, sharchaning o’lchamlarini e’tiborga olmay, uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Ipning massasi sharchaning massasidan juda ham kichik bo’lgani uchun uni va ipning cho’zilishini e’tiborga olmaslik mumkin. Shunday sistema amalda matematik mayatnik kabi harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |