Labaratoriya –1.
Mavzu: Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish.
Ishning maqsadi
: Algoritm atamasining kelib chiqish tarixi. Algoritmlarning
turlari va hozirgi kundagi ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo’lish
.
NAZARIY QISM
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi
lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga
asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma-xil misollar
keltirish mumkin.
1.1misol
Ko‘chadan o‘tish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsin. U holda ko‘chadan
o‘tayotgan kishi hammamizga odatiy hol bo‘lib qolgan quyidagi harakatlarni
bajarishi lozim bo‘ladi:
1.
chap tarafga qaralsin, agar transport vositasi yo‘q bo‘lsa,
2- bandga o‘tilsin, aks holda 1-bandga o‘tilsin;
2.
o‘ng tarafga qaralsin, agar transport vositasi yo‘q bo‘lsa,
3-
bandga o‘tilsin, aks holda 1-bandga o‘tilsin;
3.
ko‘chadan o‘tilsin.
1.2
misol
Eni 6 metr va bo‘yi 10 metr bo‘lgan joyni to‘ldirish uchun sotib olinishi kerak
bo‘lgan 12x25 sm (eni 12 sm va bo‘yi 25 sm) g‘ishtlar soni topilsin.
Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan bilimiga asoslanib quyidagi
ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:
1)
joyning yuzasi S
joy
santimetr o‘lchov birligida topilsin;
2)
bir dona g‘ishtning yuzasi Sg‘
isht
santimetr o‘lchov birligida topilsin;
3)
g‘ishtlar soni S
son
joyning yuzasini g‘ishtning yuzasiga nis- bati deb olinsin.
Variantlar
Quyidagi masalalar yechimini topadigan algoritm tuzilsin:
1. Svetoforni yashil rangida o‘tish
algoritmini tping.
2. Ushbu misolni yechimini toping.
22*12-(6+12)-15/2;
3. 16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin.
4.Ko’chadan o’tish algoritmini toping.
5.Osh damlash algoritmini tuzing
6. choy damlash algorimini tuzing.
7. Ikkita a va b sonlari berilgan.
Ularning o’rta arifmetigini toping.
8. Ikkita a va b sonlari berilgan.
Ularning o’rta geometrigini toping.
9. Tomoni a,b,c bo’lgan uchburchak
10. Tomoni a,b,c bo’lgan uchburchak
yuzini.(geron formulasi yordamida)
peremetrini toping.
11. 3ta a,b,c sonlar berilgan.Ularni
Pifagor sonlari ekanligi yoki aksincha
ekanligin tekshiring. (a
2
=b
2
+c
2
tenglik
bajarilsa Pifagor sonlari hisoblanadi)
12. Qirrasi a ga teng bo’lgan kubning
hajmini toping.
13. Qirrasi a ga teng bo’lgan kubning
to’la sirtini toping.
14. Ikki xonali son berilgan. U sonni
teskari qiladigan dastur tuzing. Masalan:
21 kiritilsa 12 degan javob chiqsin.
15. Uch xonali son berilgan. U sonni
teskari qiladigan dastur tuzing. Masalan:
211 kiritilsa 112 degan javob chiqsin.
16. Uch xonali son berilgan. U sonni
birliklar, o’nliklar, yuzliklar xonasidagi
sonlarni aniqlovchi dastur tuzing.