Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi.
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini va boshqalar) qisman (Bord.pertussis leykotoksini, Vl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum neyrotoksini,) va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis " sichqon toksini") ga bo'linadi. Oxirgi xillari faqat bakteriya xujayrasi parchalangandan keyin tashqariga tushadi. Binobarin, oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligining amalga oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi.
Lipopolisaxaridlar (LPS) bakteriyaning xujayra devorida joylashgan bo'lib bu tuzilma parchalangandan so'ng tashqari tushadi.
Oqsil tabiatli toksinlar. Bu xilga mansub 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik faolligi bilan farq qiladi.
Oqsillar asaosan termolabil bo'lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari xam mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 C da xam bir necha minut saqlanib qoladi. Ekzotoksinlar a'zo va to'qimalarga moyilligi,zaxarliligi,antigenligi, immunogenligiva boshqa belgilari bilan ta'riflanadi. Ta'sir mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi.
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi.
Membranotoksinlar- eritsosit (gemolizin) va leykositlar (leykosidin) o'tkazuvchanligini oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi.
Funksional blokatorlar- xujayra adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradigan enterotoksinlar, ular ta'sirida ingichka ichak devorining o'tkazuvchanligini oshadi va suyuqlik ko'p miqdorda chiqib ketishi xisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni ishlab chiqaradigan xolerogen,enterobakteriyalarning enterotoksinlari xuddi shunday xususiyatga ega.
Patogen stafilokokk va streptokokklar ishlap chiqaradigan eksfoliatin va eritrogenlarning xujayralarning o'zaro va xujayra aro moddalar ta'sirlashuvi jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Bir qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi.
Endotoksinlar bakteriya qobig'i bilan bog'langan bo'lib, organizmda mikrob xujayrasi parchalangandan so'ng ajralip chiqadi. Endotoksinlar kimyoviy tarkibi bo'yicha LPS bo'lgani uchun,ko'proq grammanfiy bakteriyalarda uchraydi. Ular glyusido-lipido-protein birikmasidan iborat bo'lib, issiqqa chidamli (termostabil), avtoklavda xam o'z kuchini saqlab qoladigan preteolitik fermentlar ta'sirida parchalanmaydi, endotoksin formalin ta'siriga ham chidamli.
Endotoksin tajriba xayvonlariga katta miqdorda kiritilsa, fagositozning pasayishi, xolsizlik kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak faoliyati susayadi, tana xarorati pasayadi. Aksincha, kichik miqdorda kiritilsa, qarama-qarshi xolat kuzatiladi: fagositoz kuchayadi, tana xarorati ko'tariladi va x.k. LPS qonga tushgach qon xujayralariga ta'sir ko'rsatib, ulardan pirogen moddalar ajraladi, natijada odam isitmalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |