Тarmoqlararo ekranning asosiy komponentlari
Тarmoqlararo ekranlarning komponentlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: filtrlovchi - yo‘llovchi; tarmoq darajasidagi shlyuzlar; amaliy darajadagi shlyuzlar. Filtrlovchi-yo‘llovchi — yo‘llovchi, ya’ni kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarni manzilga yetkazuvchi dasturlar paketi yoki serverdagi dastur bo‘lib, u kiradigan va chiqadigan paketlarni filtrlaydi. Paketlarni filtrlash, ya’ni ularni aniq to‘plamga tegishliligini tekshirish, ТCP/IP sarlavhasidagi ma’lumotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Filtrlashni aniq xost-kompyuter, ya’ni tarmoqdagi fayl va kompyuter zaxiralariga kirishni amalga oshiruvchi kompyuter yoki port, ya’ni xabarlarni jo‘natish yoki qabul qilish maqsadida mijoz va server tomonidan ishlatiladigan va odatda 16 bitli son bilan nomlanadigan dastur bilan ulanishda amalga oshirish mumkin. Masalan, foydalanuvchiga keraksiz yoki ishonchsiz xost-kompyuter va tarmoqlar bilan ulanishni taqiqlash. Filtrlash qoidalarini ifodalash qiyin jarayon bo‘lib, ularni testlash vositalari mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |