Bog'liq ADOBE PHOTOSHOP DASTURINING ASOSIY IMKONIYATLARI, MAXSUS EFFEKTLAR YARATISH..
Adobe Creative Suite paketi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]
2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmogʻi mahsulotlariga tegishli edi. 2007-yilgi Photoshop 10.0 dasturi Photoshop CS3 deb nomlandi. CS3 — dastur Adobe Creative Suite dasturlar paketining uchinchi versiyasiga moslashganini bildiradi. Eski CS va CS2 versiyalari dasturning yangi tarmoqqa mansubligini bildirish va oldingi versiyalaridan farqlantirish maqsadida dasturning bosh ramzida 3 dan 7 versiyasigacha mavjud boʻlgan koʻz chiroyli patlar bilan oʻzgartirildi. Yangi versiya yangi imkoniyatlarga ham ega boʻldi. Photoshop CS3 ramzida esa koʻk chegarali toʻrtburchak ichidagi PS yozuvi aks etadi.