Reklama strategiyasini ishlab chiqish. Marketing strategiyasimaqsadlariga mos kelishdan tashqari, firmaning reklama faoliyati firmada vujudga kelgan kommunikatsiya siyosati
doirasidaamalga oshirilishi lozim. Kommunikatsiya siyosatini tashkilot
tomonidan o’z marketing maqsadlariga erishish uchun kommunikatsiya sohasida harakat qilish va qarorlar chiqarish uchun qabul qilingan umumiy dasturilamallar, mezonlar, mo’ljallar tizimi deb ta’riflash mumkin.
Kommunikatsiya siyosati kommunikatorlar tanlagan kommunikatsiya strategiyalari yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda bu strategiyalar ko’pincha yagona uyg’unlashgan marketing kommunikatsiyalari strategiyasiga birlashtiriladi. Uning bo’limlari sifatida marketing kommunikatsiyasining alohida vositalari, shu jumladan, reklama bo’yicha ishlab chiqiladigan strategiyalarni ko’rib chiqish mumkin. Reklama strategiyasini ishlab chiqish jarayoni haqida batafsilroq to’xtalamiz.
Reklama strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:
mo’ljaldagi auditoriya;
Mo’ljaldagi auditoriya reklama kommunikatsiyasi adresatini tashkil etadi.
Reklama strategiyasini shakllantirishda boshqaruvchi reklama predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi bilan birga uning konsepsiyasini ham ishlab chiqishi kerak. Reklama qilinayotgan tovar konsepsiyasi ushbu holatda reklama tovarni mo’ljaldagi auditoriyaga qay tarzda taqdim etishining sodda bayonidan iborat bo’ladi. Bu reklama strategiyasining boshqa barcha elementlarga katta ta’sir ko’rsatadigan eng murakkab elementlaridan biridir. Sodda bayon ko’pgina savollarga javob topishni talab qiladi: *tovar bozorda qanday joylashtiriladi?
Uning muayyan xos bozorga aloqadorligi va asosiy raqobatchilardan ajratib turadigan asosiy belgilari qanday? Uning marketing kompleksidagi o’rni qanday? Tovar yashovchanlik davrining qaysi bosqichida? U qaysi tovarlar guruhiga mansub? Qadoqlanishi, sifati, markasi/tamg’asi qanday?
Reklama faoliyatini tashkil etish. «Tashkil etish» degan boshqaruv kategoriyasi yetarlicha keng va ko’pma’noli tushunchadir. Agar u boshqaruv vazifasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqilsa, ikki asosiy yondashuvni farqlash mumkin. Birinchi yondashuv ancha tor bo’lib, u tashkil etishni «odamlarga birgalikda maqsadlariga
erishish yo’lida samarali mehnat qilish imkoniyatini beradigan korxona strukturasini yaratish jarayoni» sifatida talqin etadi. Ikkinchi yondashuv tashkil etishni firma rejalarini amalga oshirishga qaratilgan vazifalar, jarayonlar va turli tuman strukturalar yig’indisi sifatida ta’riflaydi.
Boshqaruvchilar amalga oshiradigan asosiy tashkiliy vazifalar quyidagilardan iborat:
1.Xodimlarga rahbarlik.
2.Ishni xodimlar orasida taqsimlash.
3.Mas’uliyatlarni topshirish, ya’ni vazifa va vakolatlarni ularni
bajarilishi uchun javobgarlikni qo’l ostidagi xodimga berish.
4.Ishni muvofiqlashtirish, ya’ni xodimlar, bo’linmalar va tashqi strukturalararo firma oldidagi vazifalarini to’la bajarish va ichki ziddiyatlarni bartaraf qilish imkoniyatlarini yaratuvchi samarali munosabatlarni ta’minlash.5.Byudjetni ishlab chiqish muayyan turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun zarur.