Labaratoriya №5
Mavzu: Kimyo injinering uchun Mathcad (m.c.) muxiti.
Ishdan maksad: MathCad tizimining imkoniyatlari va vositalari bilan tanishish, ilmiy-texnik masalalarni Mathcad tizimi yordamida yechish.
Topshiriqlar:
MathCAD dasturining asosiy imkoniyatlari bilan tanishing.
Mutaxasslik bo’yicha texnik masala tanlang
MathCAD dasturi vositalari yordamida masalaning analatik va grafik yechimlarini toping
Tajriba ishining hisobotini tayyorlang.
Nazariy qism.
Mathcad professor-o’qituvchilar, stajyorlar, tadqiqotchilar, aspirantlar, talabalar, texnik muxandislar, fiziklar, qolaversa barcha kasb egalari uchun hisoblash ishlarini bajaruvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi. Bu dastur bilan turli kasb egalari o’z sohasi bo’yicha masalalarni hal etishi va kerakli grafiklarni, diagrammalarni olishlari mumkin. Mathcad dasturini boshqacha qilib ayttanda dasturlash tili deyish mumkin.
Mathcadda matematik tenglamalarni qog’ozga qanday yozilsa, ekranga ham shunday yoziladi. Bir vaqtning o’zida natijalarni ham olish mumkin. Foydalanuvchi bema’lol tenglamalariga izoh ham yozishi, 2 va 3 o’lchovli grafiklarni ham chizishi mumkin. Mathcad afzal tomonlaridan biri murakkab hisoblashlarni bajara olishi imkoniga ega. Foydalanuvchi masalasini, maqolasini, qolaversa barcha ilmiy ishlarini tayyorlashda ularni formatlash va chiroyli ko’rinishga keltirishda Mathcad ko’p imkoniyat yaratib beradi.
Mathcad yuzdan ortiq o’zgaruvchili va konstantali chiziqli va chiziqsiz tenglamalar tizimi, matritsa va vektorlar ustida amallar, algebraik hisoblashlar, Laplas, Fure integrallari, massivlar, oddiy differentsial tenglamalar, chegaraviy shartlar, xususiy hosilali differentsial tenglamalar, polinomlarni tushuna oladi, ular ustida hisoblash ishlarini bajaradi.
Mathcad ilmiy ishlarning natijalarni grafiklar bilan vizual qarashga imkon beradi. Foydalanuvchi funktsiyalarini osongina 2 va 3 o’lchovli grafiklarda turli ranglar ko’rinishida, tekislikda tasvirlash imkoniga ega bo’ladi. Mathcad Help darchasidan foydalanishda ancha qulayliklar yaratilgan, bu ma’lumotnomadan kerakli ma’lumotlarni osongina qidirib topish mumkin.
Mathcad dasturini ishga tushirish uchun Pusk > Программы >Microsoft>Mathcad 2
buyrug’i berilsa ekranda 1-rasmda ko’rsatilgan darcha hosil bo’ladi:
MATHCAD DASTURINI ISHGA TUSHIRISH
1-rasm. Mathcad dasturining asosiy darchasi sa uning turli xil panellari ASBOBLAR PANELI
Ekrandagi darchada dasturning turli xil panellar ko’rsatilgan. Bu panellarning vazifasidan kelib chiqqan holda ularning har biri nomlanadi, Misol uchun Calculation paneli yordamida hisoblash ishlarini bajariladi. Graph paneli yordamida turli xil графиклар чизилади.
Bu panellarda knopkalar mavjud bo’lib, bu knopkalar esa grek harflar, hisoblashlar, grafiklar, operatorlar va simvollar panellarini ochishga yordam beradi. Ular ustida qisqacha qilib quyidagilarni keltirib o’tish mumkin.
Graph paneli
B u paneldan kuyidagi turdagi grafiklar chiziladi:
Matrix paneli
Bu panelidagi knopkalaridan matritsa, x ning har xil ko’rinishlari, modullarni chizish mumkin
Greek paneli
Bu panel yordamida grek harflarini yozish mumkin.
Calculator paneli
Bu panel bilan zsa hisoblash ishlarini bajarish mumkin, shu bilan birga yana math, modifier, boolean, evalution va programming panellari mavjud.
Arifmetik va trantsendent tenglamalarni yechish.
1.Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
Boshlang ich holatda ekranda kursor krestik ko rinishda bo ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko'k burchakli holatga o'tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
menyu buyrug'idan foydalanib;
klaviatura tugmalaridan foydalanib;
matematik paneldan foydalanib.
O'zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o'zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo'ladi (1-rasm).
1-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad tizimi qanday masalalarni yechish uchun yordam beradi?
Mathcad tizimi ishchi oynasining asosiy qurollar panellari?
Hisoblashlar qaysi qurollar panelidan foydalangan holda bajariladi?
Tizim funktsiya grafigini qaysi ko’rinishlarda chizishni tavsiya etadi?
Tizimda matritsalar ustida qanday amallarni bajarish mumkin?
Sinov savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |