inthisob = 0;
while (hisob< 100)
{
cout<< "C++ ga xush kelibsiz!\n";
hisob++;
}
Bu yerda hisob sikl tarkibida dastlab 0 qiymat bilan o`qilyapti. Shart qismi(hisob< 100)da uning 100 dan kichik ekanligi tekshiriladi. Agar bu shart rost (true) bo`lsa, siklning tana qismi hisoblanadi, ya’ni, konsol oynaga “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasi chiqariladi va hisob1 qiymatga oshiriladi. Bu jarayon siklning shart qismi (hisob< 100)yolg`on (false) qiymat qabul qilgunga qadar (hisob ning qiymati 100 dan oshib ketguncha) davom etadi.Bunday holatda sikl ishi to`xtatiladi va undan keyingi ko`rsatma satrlarining bajarilishiga o`tiladi.
Sikllar – blokdagi ko`rsatma satrlarining takroran ishlashini nazorat qiluvchi konstruksiyalar. C++ sikl operatorlarlarining uch xil turini taqdim etadi: while sikl operatori,dowhile sikl operatori, for sikl operatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |