Lab ishlanma. An kim-12



Download 29,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/81
Sana19.03.2022
Hajmi29,05 Mb.
#500567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Lab ishlanma. An kim-12

Ishning maqsadi:
Kimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda 
ishlatiladigan idishlar va asboblarning turlari, hamda ularning vazifalari bilan 
tanishish 
Kerakli jihozlar: 
gaz yondirgichi, spirt lampasi, shtativ, probirkalar, 
kolbalar, o‘lchov silindrlari, menzurkalar. 
Nazariy ma`lumot.
 
Kimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda 
issiqlikka, kislota, ishqor, erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga 
chidamli maxsus idishlar va asboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada 
ishlatiladigan idishlar va asboblarning turi, hamda ularning vazifalarini mukammal 
bilishi lozim. 
Kimyo laboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va 
individual foydalanish asboblariga bo‘linadi. 
Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish 
va kuydirish pechlari, havo surish nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar 
laboratoriyaga doimiy qo‘yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida 
foydalaniladilar. 
Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi, spirt lampasi, 
shtativ, probirkalar, kolbalar, o‘lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalar 
talabalar tomonidan bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib 
foydalaniladi. 
Talabalar mashg`ulotga kelguncha kafedra laborantlari tomonidan har 
bir mashg`ulot uchun kerakli asbob va idishlarni laboratoriya stollari ustiga 
tayyorlab qo‘yiladi. 
Ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda individual foydalanish 
asboblari majmuasidan iborat. Laboratoriya qurilmasi yig`iladi. Talabalarning 
bunday qurilmalarni yig`ishlari albatta, laborant yoki o‘qituvchi nazorati ostida 
amalga oshiriladi. 
Quyida kimyo laboratoriyalarida qo‘llaniladigan ayrim umumiy va 
individual foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so‘z 
yuritiladi. 
Spirt lampasi va gaz yondirgichlari 
Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi va gaz 
yondirgichlari ishlatiladi (3-rasm). Spirt lampasi (3-rasm, a), odatda shishadan 
yasalgan bo‘lib, uning zich berkitib turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan 
piligi bo‘ladi. Unga denaturat etil spirti quyiladi. Spirt lampadan foydalanib 
bo‘lingach, uning ichidagi spirt uchib ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib 
qo‘yiladi. 


Kuchkarov M.A. -11- Anorganik kimyo 
3-rasm. Spirt lampasi va gaz yondirgichlari: 
a) spirt lampasi; b) Teklyu yondirgichi;
v) Bunzen yondirgichi. 
Kimyo laboratoriyalariga tabiiy gaz keltirilgan bo‘lsa, isituvchi jihoz 
sifatida Teklyu va Bunzen gaz yondirgichlari ishlatiladi. Teklyu yondirgichi (3-
rasm, b) taglik (1) va unga mustahkamlangan nay (2) bilan disk (3) dan iborat. Gaz 
o‘simta (4) ga ulangan rezina nay orqali yondirgichga keladi. O‘simtadan kiruvchi 
gaz naycha (6) ga va undan ustki uzun nay (2) ga o‘tadi. Bu yerda gaz nayning 
pastki konussimon asosi va rezbaga buralgan disk (3) orasidagi tirqish orqali
kirgan havo bilan aralashadi. Berilayotgan havoning miqdoriga qarab, gazning 
yonish darajasi, ya’ni gaz alangasining haroroti o‘zgarib turadi. Gaz tutamasdan va 
ovoz chiqarmasdan bir tekis alanga berib yonishi kerak. Buning uchun diskni gaz 
to‘la yonadigan holatgacha burash kerak. 
Yondirgichga beriladigan gaz, asosan, gaz jo‘mragi orqali tartibga 
solib turiladi. Buning uchun Teklyu yondirgichida maxsus vint (5) bor. Bu vintni 
burab, beriladigan gazni kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin. 
Bunzen yondirgichida (3-rasm, v) beriladigan gazni tartibga solib 
turish uchun nayning pastki qismida gardish (mufta) bilan berkitilgan teshikcha 
bor. Gardish (3) ni burab gaz keladigan teshikchani butunlay berkitish, yoki 
ma’lum darajada ochib, gaz kelishini kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin 
Kavsharlash gorelkasi yuqori temperaturali alanga olish uchun
ishlatiladi. Kavsharlash gorelkasi oddiy gaz gorelkasidan pastki qismida
jo‘mrakli ikkita nayi borligi bilan farq qiladi. Bu naylarning biridan havo
puflagich yordamida havo, ikkinchisidan esa gaz yuboriladi. Gorelkani
ishlatish uchun avval 2-naydagi gaz jo‘mragi ochib yoqiladi, so‘ngra asta-
sekin havo yuboriladi. Havo va gaz yuborishni tartibga solib, kerakli
kattalikdagi alanga va temperatura olinadi. Gorelka doimo toza bo‘lishi va
naylarga biror narsaning tushmaganligi kuzatib turiladi. Vaqti-vaqti bilan
gorelka burab olinadi va tozalab turiladi.
100-300
0
C temperatura intervallarida qizdirish uchun turli xil
hammomlardan foydalaniladi. 
Suv hammomi metalldan yasalgan idish. Hammom bir-biri ustiga
tushib turadigan har xil diametrli yassi halqalar bilan berkitiladi. Uning 2/3 


Kuchkarov M.A.
-12- 
Anorganik kimyo 
qismigacha suv quyiladi va suv hammomiga moslashtirilgan uch oyoqqa yoki 
shtativ halqasiga qo‘yib, gaz gorelkasi alangasida qaynaguncha qizdiriladi. 
Bunda suvning qaynab, qurib qolmasligiga qarab turish kerak. Laboratoriyada, 
shuningdek, elektr toki yordamida isitiladigan suv hammomi ham ishlatiladi. 
Suv hammomida issiq- bug‘ yordamida qizdirishda qo‘llaniladi. Odatda, bu 
maqsad uchun qora tunikadan yasalgan voronkadan foydalaniladi. Voronkaning 
yuqori-keng qismida bir qancha teshiklar mavjud. Uning ichida ma’lum 
masofada astbestlangan to‘r o‘rnatilgan. Devorlariga asbest qatlamlari 
qo‘yilgan. Qizdiriladigan idish og‘ziga mos qilib tanlangan voronka uch 
oyoqqa yoki shtativ halqasiga o‘rnatiladi. Qizdiriladigan idish voronkaning 
ichiga asbestlangan to‘rga tegmaydigan, ammo asbest qatlamlarga tegadigan 
qilib joylashtiriladi. Gorelka bilan asbestlangan to‘r qizdiriladi, idish issiq 
havodan qiziydi. Laboratoriyada elektr toki bilan qizdiriladigan havo 
hammomi ham ishlatiladi. 1000
0
C temperatura olish uchun elektr pechlaridan 
foydalaniladi. Mufel pechi o‘tga hidamli materialdan yasalgan bir tomonida 
eshikchasi bo‘lgan to‘rt burchakli yoki gorizontal qutidan iborat. Mufel pechi 
yuqori temperaturada moddalarni kuydirishda va tigellarda reaksiyalar olib 
borishda ishlatiladi. Bu maqsadlar uchun tigel pechlari ham ishlatiladi. 
Naysimon pech yuqori temperaturada kvars, chinni yoki issiqqa chidamli 
naylarda olib boriladigan tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Qum hammomi ham laboratoriyada bir maromda qizdirish va yuqori 
temperatura (200-300
0
C) olish uchun foydalaniladi. Qum hammomi ichiga toza 
va quruq qum to‘ldirilgan metall kosacha yoki tovadan iborat. Qumni kosachaga 
solishdan oldin yaxshilab qizdirib, organik qo‘shimchalardan tozalaniladi. 
Qizdirish gaz gorelkasida olib boriladi.

Download 29,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish