L ya. Olimov psixologiya tarixi


Syun – Szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar)



Download 6,23 Mb.
bet15/71
Sana02.03.2022
Hajmi6,23 Mb.
#479374
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
ПСИХОЛОГИЯ ТАРИХИ тайёр doc3doc — копия

Syun – Szi (taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Syun szi Chjao hoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi 266 yilda Chjaoni tark etib, Sinn saltanatiga jo‘nadi va bu yerda hoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf Si hoqonligiga kelib, «Szisya» akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi.
O‘ta mustaqilikka va fikrlarini ochiq oydin aytishga odatlangani bois Syun-szi 255 yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu yerda Lanlin tumaniga hokim qilib tayinlanadi.
Miloddan avvalgi 250 yilda Syun-szi vazifasidan ozod etiladi va Chjao xonligiga qaytib boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu hoqonligi Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta tiklanadi.
Miloddan avvalgi 238 yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-shen viloyatining hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-szi noiloj davlat xizmatidan ketadi. U Lanlin viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda «Syun-szi» deb nomlangan asarini yozishga kirishadi.
Hukmdorlar-u vazirlar bilan dadil muloqatda bo‘lib, o‘z fikrini tap tortmay ayta olgan Syun-szi hayotini qashshoqlik va faqirlikda o‘tkazadi. Zamondoshlari uning falsafiy salohiyatini munosib qadrlay olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi.
Unda aksincha odam o‘z tabiatiga ko‘ra badjahl bo‘lib, mehribonlik bu tarbiyaning natijasidir. Axir bunday bo‘lmaganda odamni tarbiyalashga hojat qolmas edi-ku! Axir o‘zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Inson xarakteri kulol loydan yasagan ko‘zaga o‘xshaydi deb ta’kidlanadi Syun-szi tomonidan.
Syun-szining g‘oyalarini targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgan shogirdlaridan biri Xan Feydir.
Xan Fey (miloddan avvalgi 288-233 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Xan Fey Xan saltanatining aslzoda xonadonlaridan birida dunyoga keldi. U bolalik chog‘idanoq duduqlanib gapirardi. Keyinchalik Syun-szining qo‘lida tahsil olib, Shan Yan, Shen Buxay, shuningdek, daosizm (xitoycha «dao» - qonun demak) ta’limoti bilan qiziqqan.
Xan Fey o‘ziga qadar yashab o‘tgan ko‘plab yirik donishmandlar kabi legistik («legist» - lotincha «qonun» degan ma’noni anglatadi) dunyoqarash tarafdori bo‘lib, davlatni boshqarish muammolari bilan shug‘ullangan. «Qonunlar halqning otasi va onasidir. Hukmdor va amaldorlar, oliy nasablilar-u past tabaqadagilar - hamma qonunga birdek amal qilmog‘i lozim. Bu- buyuk boshqarish san’ati deb ataladi» degan g‘oyani yoqlagan.
Xan Fey qonunni birinchi o‘ringa qo‘ygan Shan Yan («qonunlar va farmoyishlar - halqning hayoti va boshqaruvning asosidir»), hukmdorlik san’atini birinchi o‘ringa qo‘ygan Shen Buxay («Hukmdor qo‘l ostidagi amaldorlarni ishlata biladi va xarakatlarining natijasi bilan o‘zgalarni lol qoldiradi»), ierarxiya (quyi mansabdagilarning yuqori mansabdagilarga bo‘ysunish tartibi) kuchini birinchi o‘ringa qo‘ygan Shen Dao («Ahloqsizlarni itoatga keltirish uchun donishmandlikning o‘zi yetarli emas, ammo donishmandlarni egib olish uchun e’tiborli mavqening o‘zi yetarli») qarashlariga tayanib, boshqaruvning «uch quroli» va «ikki tayanchi» haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi.
Xitoydagi materialistik oqimning yirik namoyondalaridan biri Van Chun edi. U o‘zining mashhur «Tanqidiy mulohazalar» nomli asarida tabiatshunoslik va medisinaning o‘sha davrdagi - yutuqlari asosida diniy teologik g‘oyalarni tanqid qiladi. Tabiat qonunlari inson ruhiyatini bilishda birdan bir xitoylik mutafakkir Fan Chjen ham o‘z davrida ilgari surdi. U ruhning abadiy emasligi aksincha moddiy tananing funksiyasi bo‘lgani uchun ajralmasligi va u bilan birga yo‘qolishi o‘z traktida yozgan «Tana, – deb yozadi u, – ruhning materiyasi, ruh tananing funksiyasidir. Materiya uchun ruh pichoqdek o‘tkirdir, o‘tkirlik bu pichoq emas. Pichoq mavjud bo‘lmay o‘tkirlik bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shunday ravishda tana o‘lib ruh qolishi mumkin emas» – deb ta’kidlaydi Fan Chjen. Shu bilan birga u ruh faqat ma’lum tarzda tuzilgan materiyaga xos ekanligini aytib o‘tdi.
Ma’lumki, er.av. IV-V asrda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi jamiyatning tabaqalanishi va quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu davlatlarda ruhning abadiyligini, u tanani tark etib bemalol xarakatlanib yurishi mumkinligini ta’kidlovchi diniy ideologiya hukmron edi. Shu bilan birga bizgacha yetib kelgan manbalarda nafaqat diniy balki, tabiiy bilimlarning asoslari ham ta’riflangan. Narsa va hodisalarni teologik, mifologik jihatdan tushuntirishga xarakat qiluvchi tasavvurlar asta-sekin rasionalizatsiyaga uchrab yangi tushunchalar bilan almasha boshladi. Xudo xali ham oliy hukmron bo‘lib hisoblansa-da, odam hayotiga o‘tkaziladigan ta’siri haqidagi qarashlar avvalgidan o‘zgarib bordi.
Er. av. IV asr oxiriga oid Misrdan topilgan «Memfis teologiyasining yodgorligi» psixik-faoliyatga berilgan ta’rif fikrimizni tasdiqlaydi. Unga ko‘ra bu dunyoning arxitektori Ptax xudosidir. U ko‘z, quloq, burun, sezgi a’zolarini yurakka xabar berish uchun yaratgan. Yurak orqali berilgan xabarni til takrorlaydi xalos. Albatta bugungi kun bahosi bilan bunday fikrlar ibtidoiy bo‘lib hisoblanadi. Ularda «periferiya - markaz» munosabatida dastlabki elementlari ko‘zga tashlandi. Shu tariqa teologik dunyoqarash doirasida ba’zi narsalar haqidagi tasavvurlar o‘zgarib boradi. Buning asosiy sababi qadimgi sharq tibbiyotining yutuqlari hisoblanadi.



Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish