5. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash tartibi Tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kredit berish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Bu operatsiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda qabul qilingan 19/8-sonli 261-Qaror bilan tasdiqlangan „Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risida“gi Nizomga muvofi q amalga oshiriladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 234-sonli Qaroriga muvofi q ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Valuta birjasi huzuridagi kredit rusurslari kimoshdi savdolari orqali tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi. Bu jarayon Markaziy bankning pul-kredit vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qayta moliyalash – Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul kredit siyosati vositalaridan biri bo‘lib, u ikkinchi darajali banklarning likvidlik holatini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan kreditlash;
tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar berish, ya’ni lombard krediti; – to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli.
Markaziy bank „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunga asosan oltin, chet el valutasi, xalqaro rez ervlar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari va boshqa boyliklar, davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotil ishi kabi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari, shuningdek, Moliya vazirligining kafolatiga asoslangan holda banklarga qayta moliyalash kreditlar ini beradi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlarning asosiy maqsadi banklarning likvidliligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Qayta moliyalash kreditlarini berayotganda Markaziy bank tijorat banklari kredit potensialining joriy holatini doimiy kuzat ib turadi. Buning uchun u joriy monitoringlar o‘tkazadi, ular vakillik hisobvaraqlarini tahlil qiladi va asosan o‘zi kreditlarni joylashtirish va jalb etish uchun qatnashadigan banklararo kredit bozori – O‘zbekiston Respublikasi Valuta birjasi huzuridagi kredit resurslari kimoshdi savdosini kuzatib boradi.
Tijorat banklarining likvid holatini saqlashga yo‘naltiriladigan, ularni qayta moliyalash uchun beriladigan kreditlar miqdori, shun ingdek, qayta moliyalash stavkasi, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining joriy vaqtdagi aniq vazifalariga muvofi q, hamda pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda qayta moliyalash stavkasi infl atsiya darajasidan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Markaziy bank yuqorida aytilgan qonunga muvofi q, tijorat bank lariga milliy valutada lombard kreditini berishi mumkin. Lombard krediti qayta moliyalash shakllaridan biri bo‘lib, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini garovga qo‘yish yo‘li orqali beriladi.
Lombard kreditining berilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 22-avgustdagi 416-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi to‘g‘risida“gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Qayta moliyalash kreditlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1996-yil 20-apreldagi 41-sonli „O‘zbekiston Respublikasida kredit resurslari kimoshdi savdolarini o‘tkazish tartibi“ga muvofi q beriladi.
Keyinchalik qayta moliyalash kreditlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ko‘rsatmalari bo‘yicha, ularda belgilangan shartlar asosida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Kredit shartnomasida quyidagilar qayd etilgan:
tomonlar nomi;
ularning o‘zaro majburiyatlari va iqtisodiy mas’uliyati;
kredit muddati va miqdori;
aniq maqsad ko‘zlanganligi;
kredit berish va qaytarish tartibi;
foiz stavkasi va uni o‘zgartirish shartlari;
ta’minlash shakllari;
jarima solish va tomonlar shartlashuvining boshqa jihatlari.
Bu kreditni olgan tijorat banklari kreditdan foydalanish va uning holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining „Pul-kredit siyosati“ departamentiga ma’lumotnoma taqdim etib boradi.
Tijorat banklariga kredit berishda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga, majburiy zaxira talablariga rioya qilish e’tiborga olinadi.
Ayrim hollarda tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarida mablag‘lar umuman bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan holatlarda kechiktirib bo‘lmaydigan to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat bankiga, istisno tariqasida majburiy to‘lovlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan uning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari taqdimnomasi bo‘yicha bank likvidligini qo‘llab-quvvatlash uchun kredit berilishi mumkin.
Bu kredit O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiy normativlariga rioya etilgan, rezerv, majburiy rezerv shartlari to‘liq bajarilgan, tijorat banklariga beriladigan, ya’ni kreditni qaytarmaslik ehtimoli yo‘q va u muddatida foizi bilan to‘liq qaytishi ta’minlangan holda beriladi. Kredit 7 ish kuni muddatida tijorat banki tomonidan kredit resurslarini tartibga solish fondiga o‘tkaziladigan mablag‘larning 30 %i miqdorida beriladi. Kreditning o‘z vaqtida, to‘liq qaytmaslik hollari yuz berganda yoki kredit shartlari buzilgan hollarda Markaziy bank tijorat bankiga nisbatan kredit shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan choral arni qo‘llash huquqiga ega. Agar kreditning qaytmaslik hollari yuz bersa Markaziy bank garovdagi mol-mulkni talab qilib olishga haqli.
Ushbu kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bank amaldagi qayta moliyalash stavkasidan 1,3 barovar ortiq miqdorda belgilanadi.
Tijorat bankida Markaziy bank tomonidan ilgari berilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelgan hollarda, quyidagi choralar qo‘llaniladi:
belgilangan foiz stavkasi 2 baravar oshiriladi;
„O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 59-moddasiga binoan, muddati o‘tgan qarz bosh bank hisobvarag‘idan undirib olinadi. Agar bosh bank hisobvarag‘ida qarzlarni qoplaydigan miqdorda mablag‘ bo‘lmasa, ushbu qarz to‘la qaytarilmaguncha bank vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatiladi.
Mar kaziy bank muddatidan oldin bo‘shagan qayta moliyalash kreditlar ini o‘z vaqtida qaytarmaganligi uchun tijorat banklariga nisbatan kredit qaytarilmagan hollarda garovga qo‘yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo‘yicha talabnoma qo‘yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega.
Qayta moliyalash kreditlarini belgilangan muddat ichida qaytarmagan tijorat banklariga nisbatan 1997-yil 25-yanvardagi 74-sonli yo‘riqnomaning 6-bandida va unga kiritilmagan 1998yil 27-iyun dagi 406-sonli qo‘shimchaning 1-bandida ko‘rsatilgan ta’sir choralari qo‘llaniladi.
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilangandan tashqari maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi.
Qayta moliyalash kreditlari bo‘yicha marja darajasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga berilgan qayta moliyalash kreditlari hisobini yuritish bo‘yicha operatsiyalar ba lansdagi 12101- „Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar“ (Markaziy bankda) va 21602- „O‘zbekiston Respubli kasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli ssudalar“ (tijorat bankida) balans hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Muddati kechiktirilgan qayta moliyalash kreditlari hisobi bal ansdagi 12109- „Boshqa banklarga berilgan muddati kechiktirilgan qisqa muddatli ssudalar“ hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Muddati o‘tgan qayta moliyalash kreditlari hisobi balansdagi 12105- „Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan ssudalar“ hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Markaziy bank kreditlarini berish quyidagi buxgalterlik o‘tkazmalari orqali rasmiylashtiriladi:
kredit bergan bankda;
D-t 12101- „Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar“.
K-t Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i yoki 21602- „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli ssudalar“.
kredit olgan bankda:
D-t Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i yoki 21602- „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli ssudalar“.
K-t 21602/21606 „Markaziy bankdan (boshqa banklardan) oligan qisqa muddatli ssudalar“
Balans hisoboti tuzish yoki hisob-kitob sanasida:
kredit bergan bo‘lsa:olish uchun hisoblangan foizlar summasi;
D-t 16309 (tijorat banki) yoki 16305 (Markaziy bank) „Olish uchun hisoblangan foizlar summasi“.
K-t 41601 „Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha foiz daromadlari“.
kredit olgan bankda:
to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi;
D-t 53101/53106 (tijorat banki) yoki 52002 (Markaziy bank) – „Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha foi zli xarajatlar“.
K-t 22410 „Olingan ssudalar bo‘yicha hisoblangan foizlar“
To‘lash (undirib olish) muddati yetib kelganda va tijorat banki vakillik hisobvarag‘ida yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lganida qu yidagi o‘tkazmalar qilinadi:
a) kredit uchun to‘lov summasi;
D-t 21606 (tijorat banki) yoki 22114 (Markaziy bank) „Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli ssudalar“.
K-t 10301 Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i (o‘ziniki). b) to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi:
D-t 22410 „Olingan ssudalar bo‘yicha hisolangan foizlar“.
K-t 10301 Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i (o‘ziniki).
Tijorat banki vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan va kredit belgilangan muddatda to‘lanmagan hollarda quyidagi buxgalterlik o‘tkazmalari qilinadi:
kredit bergan bankda:
Muddati o‘tgan kredit to‘lov summasi.
D-t 12105 „Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan ssudalar“.
K-t 12101 „Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar“.
Kredit olgan bankda muddati o‘tgan kredit summasi balansdagi 21602/21606 „Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli ssudalar“ hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Muddatida to‘lanmagan qarzlar summasidagi kredit resurslari kreditorga qaytarilayotganda quyidagi o‘tkazmalar qilinadi:
kredit olgan bankda:
D-t 21602/21606 (tijorat banki) yoki 22114 (Markaziy bank) „Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli ssudalar“.
K-t Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i (o‘ziniki).
Kredit bergan bankda:
D-t Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i.
K-t 12105 „Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan ssudalar“.
Muddatidan oldin bo‘shagan qayta moliyalash kreditlarini o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan Markaziy bank kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan choralarni qo‘llashga haqli.
Qayta moliyalash kreditlari qaytarilmagan hollarda, Markaziy bank garovga qo‘yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo‘yicha talabnoma qo‘yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega.
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilangandan tashqari maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi.
Ta’sir choralari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalarida aks ettirilishi shart.