Quymani olish tartibi.
Qolip materiali tayyorlanadi. Qolip tayyorlanadigan joyga model taglik taxtasini
gorizontal qilib qo‘yilib, uning ustiga model joylashtiriladi, unga esa quyish sistemasi
elementlari biriktiriladi (4-rasm).
Model taglik taxtasiga pastki opoka o‘rnatiladi. Keyin yupqa qilib qum kukuni, uning
sirtiga 10-15 mm qalinlikda qoplama material solinib, so‘ngra opoka to‘ldirgich material bilan
to‘ldirilgach, shibba bilan shibbalanadi. Opoka sirtidagi ortiqcha material chizg‘ich bilan sidirib
tashlanadi. Qolip materialining gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida uning bir necha
joyida six bilan kichik teshiklar ochiladi.
Opoka ikkinchi taglik taxta bilan yopilib, ularni birgalikda 180° ga burib, tekis joyga
qo‘yamiz, ustidagi model taglik taxtasini olamiz. Keyin pastki opokaga ustki opoka o‘rnatib,
ularni o‘zaro shtirlar 6 bilan mahkamlaymiz. So‘ngra qolipga metall kirituvchi quyish sistemasi
elementlari shlak tutgich, stoyakni biriktiramiz, ustki opokani ham pastki opoka singari qolip
materiallari bilan to‘ldirib shibbalaymiz, ortiqcha materiallarni sidirib tashlab, gaz chiqarish
teshiklari ochamiz.
Muallif:
L.O.Daminov
4-rasm. Quyma qolipini tayyorlash ketma-ketligi va unga metalni quyib quymani olish
sxemasi:
Stoyakning atrofini andava bilan o‘yib, metall quyish kosachasini ochamiz. Keyin
ehtiyotlik bilan stoyakni tortib olamiz.
Opokalardan shtirlar olinadi, so'ngra ustki opokani ko‘tarib, 180° ga aylantirib tekis joyga
qo‘yamiz, undan ehtiyotlik bilan shlak tutgich modelini ajratib olamiz. Keyin xuddi shu tarzda
pastki opokadan qolipga metallni kiritish modeli va quyma modelini ajratib olamiz.
Qolipga metall kiritish yo‘llari kuzatilib, yaroqliligiga ishonch hosil etilgach, pastki
opokadagi qolipning yarim pallasidagi bo‘shliqdagi o‘z tayanch joyiga sterjen o‘rnatiladi. Keyin
pastki opokaga ustki opoka ehtiyotlik bilan qo’yilib, qolip yig‘ilgach opokalar yana shtirlar bilan
mahkamlanadi.
5-rasmda troynik sterjenning ajraluvchi yog‘och sterjen yashigida tayyorlash
operatsiyalari kо‘rsatilgan. Sterjenlarning gaz о‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida orasiga
poxol, kanop piliklari qо‘yiladi. Ular sterjenni quritishda kuyib, g‘ovaklar hosil qiladi.
5-rasm. Sterjen tayyorlash sxemasi.
Sterjenlarni tayyorlashni boshlashdan avval sterjen yashik yarim pallalarning ish yuzalari
qoldiq materiallar va changlardan tozalanib, sterjen materialini yashik devoriga yopishmasligi
uchun yuzalarga kerosin purkaladi yoki grafit kukuni sepiladi (5-rasm, a). Sо‘ngra qolip
pallalarini sterjen materiali bilan tо‘ldirib, yaxshilab shibbalanadi (5-rasm, b). Keyin sterjen
materialiga karkaslar qо‘yilib (5-rasm, d), ular ajralish yuzalaridan bir oz pastga botiriladida, gaz
Muallif:
L.O.Daminov
chiqarish kanalchalari ochiladi. (5-rasm, e). Sо‘ngra sterjen yashigining pallalari yig‘iladi (5-
rasm, f). Shundan keyin sterjen yashigining devorlariga yog‘och bolg‘acha bilan ohista urib,
ustki palla pastki palladan ajratiladi (5-rasm, g), va uni sterjenning shakliga mos quritish
plitasiga qо‘yib yashikning pastki pallasi bilan birgalikda 180
0
ga aylantirib, sterjen quritish
plitasiga о‘tkaziladi (5-rasm, h). Keyin sterjen maxsus pechlarda qizdirilib quritiladi.
Qolipga cho‘michda keltirilgan suyuq metall quyiladi, metall qotgach qolipdan quyma
ajratib olinadi, so‘ngra quyma tozalanadi va sifati ko‘zdan kechiriladi.
Ma’lumki, qum-gilli materiallardan tayyorlangan qoliplar bir marta quyma olishga
yaraydi. Bir marta quyma olingan qolip materiali qayta yangilashga yuboriladi. U yerda u
maydalangach va metall qo‘shimchalardan tozalangach, ularga ma’lum miqdorda hali
ishlatilmagan qum, o‘tga chidamli gil, suv va maxsus qo‘shimcha moddalar, masalan,
kuymasligi uchun toshko‘mir kukuni qo‘shiladi.
Cho‘yan quymalar olish uchun umumiy qolip materialda bir marta ishlatilgan qolip
materiali 94,5-96,5% qum, gil 3-5%, toshko‘mir kukuni va boshqalar 0,5 va 4,5-5.5% suv
bo‘ladi.
Talabalar berilgan topshiriqqa ko‘ra yuqorida ko‘rilgan misoldagi tartibda quymalar
olishni mustaqil bajaradilar va ishlov materiallari asosida 1- jadval to‘ldiriladi. Quymalarni qum
gilli qoliplarda olishning bu usuli og‘ir mehnat talab etishi, sirt yuza va aniqligi pastligi, ish
unumi kamligi sababli kam seriyalab quymalar olishdagina qo‘llanadi.
1-jadval.
T
ar
ti
b
№
D
et
al
e
ki
zi
Qolip
tayyorlash bilan
bog‘liq ishlar
ezskizi
Qolip (sterjen)
materiali
tarkibi
Quyma metali
va uni qolipga
quyish harorati,
0
C
Quymadan quyish
sistemasi metalini
ajratilgach, uni qay
usulda tozalanadi?
Quyma sifati
qanday
kuzatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |