Sutemizuvchilar sinfi.
1.Sutemizuvchilarning skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?------Bosh,umurtqa pog’onasi ,ko’krak qafasi,oldingi va orqa oyoqlari va kamar suyaklaridan.
2.Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasi qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza,va dum.
3.Sutemizuvchilarning ko’krak umurtqalari nechta suyakdan iborat?----12-15 ta.
4.Itlarning umurtqa pog’onasining qaysi suyaklari o’zaro harakatchan birikkan?----Bel.
5..Itlarning dum umurtqalari soni nechta bo’lishi mumkin?--- Uchtada o’ntagacha.
6.Suremizuvchilarining oldingi oyoq kamarini qaysi suyaklar hosil qilada?----Ikki kurak,ko’krak tirgak,ikkita o’mrov suyaklar.
7.Itlarning qaysi suyaklar rivojlanmagan?---O’mrov.
8.Itlarning tishlari qanday tuzilgan?---Ponasimon -kurak,konussimon-qoziq,yassi –oziq.
9.Qaysi sutemizuvchi hayvonlarda kurak tishlari birmuncha mayda bo’ladi?------It va yirtqichlarda.
10.Itlarning bosh qismidagi qaysi muskullari kuchli rivojlangan?----Pastki jag’ni harakatga keltiruvchi.
11.Itlarning hazm qilish sitemasi qanday qismlardan tuzilgan?-----Og’iz bo’shlig’i-halqaum-qizilo’ngacha-oshqozon-ingichka ichak-yog’on va to’g’ri ichak.
12.Itning og’iz bo’shlig’ida qaysi organlari joylashgan?-----Tishi va tili.
13.Itning ichagida oziq qaysi suyuqliklar tasirida hazm bo’ladi?----Oshqozon osti bezi va jigarning o’t suyuqligi.
14.Itlarning nafas olish sitemasiga nimalar kiradi?-----Burun bo’shlig’i-hiqildoq-bronxlar-o’pka.
15.Itlarning tana harorati qancha?---37-380 C.
16.Qaysi sutemizuvchi hayvonlar hidni yaxshi sezmaydi?------Delfinlar va kitlar.
17.Qaysi sutemizuvchi hayvonlarning ko’zi ojiz bo’ladi?------Ko’rsichqon.
18.Sutemizuvchilarnin eshitish organlari qanday bo’limlardan tashkil topgan?----Ichki,o’rta va tashqi quloqdan.
19.Sutemizuvchilarda hamoladorlik muddati va homila soni nimaga bog’liq?------Yashash sharoitiga.
20.Sichqonlar yiliga necha marta bolalaydi?----5-8 marta.
21.3-8 ta bola tug’adigan itlarning so’rg’ichlari soni nechta bo’ladi?----1-4 tagacha.
22.Echkilarda so’rg’ichalar soni nechta bo’ladi?----2 ta.
23.Sutemizuvchilarni suti tarkibida qanday moddalar bo’ladi?----Suv,uglevod,yog’lar,oqsillar,vitaminlar,mineral tuzlar.
24.Sutemizuvchilarning qadimgi ajdodi qaysi hayvonlar hisoblanadi?-----200-300 ming oldin yashagan yirtqich tishli kaltakesak.
25.Sutemizuvchilar tuzilishi,ko’payishi va bolasining rivojlanishiga ko’ra qanday guruhlarga ajratiladi?------Tuxum qo’yuvchilar,xaltalilar,yo’ldoshlilar.
26.Tuxum qo’yuvchilar qaysi belgilari b-n sutemizuvchilarga o’xshaydi?----Sut bezlarining rivojlanganligi, tanasida jun va qillarning rivojlanganligi.
27.Tuxum qo’yuvchilarning tana harorati necha gradusni tashkil qiladi?----260 dan 360 gacha.
28.Tuxum qo’yuvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?----O’rdakburun va yexidna.
29.Tuxum qo’yuvchilar qaysi qit’ada keng tarqalgan?-----Avstraliya.
30.O’rdakburunlar qayerlarga uya quradi?-----Daryo qirg’oqlariga.
31.Yexidna tashqi ko’rinishidan qaysi hayvonnga o’xshaydi?-----Tipratikan.
32.Bo’yi 2 metr keladigan kenguru bo’lasining bo’yining uzunligi?----3 sm.
33.Xaltalilar bolalarini qayerida olib yuradi?-----Qornidagi xaltachadi.
34.Xaltalilar qayerlarda keng tarqalgan?-----Avstraliya,Markaziy va Janubiy Amerika.
35.Xaltalilarning nechat turi bor?---270 ta.
36.Kenguruning oldingi oyoqlari qanday vazifani bajaradi?----O’tlarni,shox-shabbalardan iborat oziqni og’izga solish.
Sutemizuvchilarning turkumlari.
1.Qo’qanotlilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?-----Malla shomshapalak,taqaburun ko’rshapalak,quloqdor ko’rshapalak.
2.Ko’rshapalaklar nimalar b-n oziqlanadi?-----Qon so’ruvchi va zararkunanda hashorotlar b-n.
3.Kemiruvchilarda qaysi tish bo’lmaydi?----Qoziq tishlar.
4.Kemiruvchilarning qaysi tishlari butun hayoti davomida o’sib turadi?-----Kurak.
5.Kemiruvchi sutemizuvchi hayvonlar?-----Uy sichqoni,ko’k sug’ur,sariq yumronqoziq,talay tovushqoni,kulrang kalamush va ondatra.
6.Kemiruvchi sutemizuvchi hayvonlarning qaysi vakillari koloniya bo’lib yashaydi?-----Yumronqoziqlar.
7.Jayra qayerlarda yashaydi?-----Tog’ etaklari va cho’llarda.
8.Qaysi kemiruvchi hayvonning tanasi ninalar b-n qoplangan?----Jayra.
9.Kalamushlar qaysi kasalliklarni tarqatadi?-----O’lat.
10.Qaysi kemiruvchi hayvonlar mo’ynasi u-n ovlanadi?-----Ondatra,nutriya,sug’ur,yumronqozi,tyin.
11.Ondatra va nutriyani vatani qayer hisoblanadi?-----Amerika.
12.Qaysi kemiruvchi hayvon “Qizil kitob”ga kiritilgan?-----Ko’k sug’ur.
13.Bo’risimonlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?---Bo’ri,chiyabo’ri,tulki,korsak,yenotsimon it.
14.Bo’risimonlar oilasida qaysi sezgi a’zosi kuchli rivojlan?-----Hid bilish.
15.Urg’ochi bo’rilar nechtagacha bola tug’adi?----3-4 tadan-13 tagacha.
16.Bo’rilar necha yilgacha umr ko’rdi?---15 yil.
17.Tulki qayerlarda yashaydi?----Cho’l va dasht,tog’ va tog’oldi hududlarida,hatto qishloqlarda yashaydi.
18.Tulki nechtagacha bola tug’adi?-----4-5 ta
19.Qaysi yirtqich hayvonlarning oilasi kuzda tarqalib ketadi?----Tulki.
20.Tulkilar nimalar b-n oziqlanadi?---Kemiruvchilar va hashorotlar.
21.Qaysi yirtqich poliz va mevalarni ham yeyaveradi?----Tulki.
22.Bo’risimonlar oilasining qaysi vakili mo’ynasi u-n ovlanadi?---Tulki.
23.Ko’pchilik mushuksimnlar oilasida…sezmaydi,lekin juda …eshitadi?----Hid,eshitish.
24.Mushuksimonlar oilasiga qaysi hayvonlar kiradi?----Yo’lbars,gepard,qoplon,silovsin,ilvirs,mushuklar.
25.Yo’lbars qayerlarda keng tarqalgan?-----Janubiy Osiyo va Uzoq sharqda.
26.Yo’lbars nimalar b-n oziqlanadi?----To’ng’iz va bug’u.
27.O’zbekistonning daryo o’zanlarida mushuksimonlarning qaysi vakillari uchraydi?---To’qay mushugi.
28.O’zbekistonning baland tog’li hududlarida mushuksimonlarning qaysi vakillari uchraydi?-----Ilvirs va silovsin.
29.Mushuksimonlarning qaysi vakillari O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?---Ilvirs va silovsin.
30.Yaguar sutemizuvchilarning qaysi oilasiga mansub?-----Mushuksimonlar.
31.Suvsarsimonlarning tanasi qanday tuzilgan?----Oyoqlari kalta,tanasi ingichka,yoriqlarga kirishgan moslashgan.
32.O’zbekistonda suvsarsimonlarning qaysi vakillari uchraydi?-----Suvsar,bo’rsiq,qunduz,olaqo’zan,latcha,norka.
33.Bo’rsiq qayerlarda yashaydi?---Tog’ o’rmonlari,to’qay va dashtlarda.
35.Bo’rsiq hayvoning ikkinchi nomi?---Qashqaldoq.
36.Qashqaldoq inlarini qayerlarga quradi?----Jarliklar va tepaliklarga yonbag’irlariga.
37.Bo’rsiq nimalar b-n oziqlanadi?----Hashorotlar,kemiruvchilar,to’kilgan meva o’simliklarning yer osti tugunaklari b-n.
38.O’zbekiston tog’larida ayiqsimonlarning vakillaridan qaysi biri uchraydi?----Qo’ng’ir ayiq.
39.Qo’ng’iq ayiq nimalar b-n oziqlanadi?-----O’simlik ildizi va nihollari,bazan hashorotlar va sug’urlarni tutib yeydi.
40.Oq ayiq qayerlarda yashaydi?----Arktikada.
41.Oq ayiqning og’irligi necha kg keladi?---800 kg.
42.Oq ayiq nimalar b-n oziqlanadi?-----Tulenlar va baliqlar.
43.Kurakoyoqlilarning tanasi qanday tuzilgan?---Bo’yni kalta,oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan.
44.Kurakoyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?----Tulenlar,morj va dengiz mushugi.
45.Grenlandiya tuleni qayerlarda yashaydi?----Arktika dengizida.
46.Tulenlar quruqlikda qanday harakatlanadi?----Kurak oyoqlariga tayanib.
47.Tulenlarning tanasi nimalar b-n qoplangan?---Dag’al,kalta va siyrak yung.
48.Tulenlar nimalar b-n oziqlanadi?----Baliqlar,molluskalar va qisqichabaqasimonlar.
49.Tulenlar nechtagacha bola tug’adi?----1 ta.
50.Dengiz mushugi qayerlarda yashaydi?------Uzoq Sharq dengizida.
51.Qaysi kurakoyoqlilar terisi va yo’gi u-n ovlanadi?---Tulen va morj.
52.Dengiz mushugi nima u-n ovlanadi?----Mo’ynasi.
53.Morjning qaysi tishi fil suyagi singari qadrlanadi?-----Qoziq.
54.Qaysi dengiz sutemizuvchilarini ovlash man qilingan?----Dengiz mushugi va delfin.
55.Kitsimonlaqr turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?---Kitlar,kasholotlar va delfinlar.
56.Ko’k kitning vazni va uzunligi?----150 tonna va 30 metr.
57.Ko’k kit nimalar b-n oziqlanadi?----Plankton organimzlar va qisqichbaqasimonlar.
58.Bir kecha –kunduzda kit qancha oziq yeydi?----2-4 tonna.
59.Tishli kitlarga qaysi hayvonlar kiradi?----Delfin va kasholot.
60.Tishli kitlarning qaysi tishlari bir xilda tuzilgan?----Konussimon qoziq.
61.Delfinlarning uzunligi qancha?----3 metr.
62.Juft tuyoqli sutemizuvchilar qanday guruhlarga bo’linadi?----Kavsh qaytaruvchi va kavsh qaytarmaydigan.
63.Juft tuyoqli hayvonlar oshqozonida…bo’ladi?----Bakteriyalar va infuzoriyalar.
64.Kavsh qaytaruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?----Sigir,qo’y,echki,jayron,bug’u,sayg’oq.
65.Qaysi juft tuyoqli hayvonlarnig shohi har uyili almashadi?—Bug’i va los.
66.Jayronning ikkinchi nomi?----Ohu yoki g’izol.
67.O’zbekistonning cho’llarida 30 tagacha poda bo’lib yashovchi hayvon?----Ohu.
68.G’izol tanasining rangi qanday bo’ladi?---Qo’ng’iq.
69.Jayron nima u-n ovlanadi?----Mazali go’shti u-n.
70.Qaysi juft tuyoqli hayvon faqat qo’riqxonalarda saqlanib qo’lgan?---Jayron.
72.Buxoro bug’isi?-----Xongul.
73.Qaysi hayvon Qizilqum qo’riqxonasida boqilmoqda?-----Xongul.
74.Sayg’oqni qayerlarda uchratishimiz mumkin?----Ustyurt dashtida.
75.To’ng’iz tanasining og’iqligi va uzunligi?-----200-240 kg,180 sm.
76.To’ng’iz qayerlarda tarqalgan?-----Yevropa,Osiyoda.
77.To’ng’izlar nimalar b-n oziqlanadi?----To’kilgan mevalar,hashorotlar.
78.To’ng’iz bolasi tanasi qanday rangda bo’ladi?-----Yo’l-yo’l tusda.
79.Begemot qayerlarda targalgan?-----Tropik Afrikada.
80.Toq tuyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?-----Ot,eshak,karkidon,zebra,qulon.
81.Prjevalskiy oti qayerlarda yashagan?----Markaziy Osiyo(Mo’g’iliston va Xitoy).
82.Yovvoyi otning og’irligi va uzunligi?-----300 kg, 230 sm.
83.Xonaki otlar …kelib chiqqan?----Tarpan.
84.Tapirlar qayerlarda yasahydi?----Janubiy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda.
85.Karkidonlar qayerlarda tarqalgan?-----Afrika va Janubiy Osiyoda.
Do'stlaringiz bilan baham: |